Digital Uzbekistan PLUS-forumida Octobank asosiy fintex trendlari va to‘lov texnologiyalarining rivojlanishi haqida so‘z yuritdi
Octobank Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy fintex trendlari va to‘lov texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi. Octobank boshqaruv direktori Vladimir Vasilyev Digital Uzbekistan 2025 xalqaro PLUS forumida O‘zbekistondagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari va internet-ekvayring bozoridagi holat haqida so‘zlab berdi.
“2024 yilda an’anaviy pul o‘tkazish tizimi orqali O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2023 yilga nisbatan oshdi va 8,16 milliard dollarga yetdi. Shaxsdan shaxsga (P2P) pul o‘tkazmalari o‘sish sur’ati 50 foizdan ortiqni tashkil etdi. Respublikaning elektron tijorat bozori ham barcha yo‘nalishlarda barqaror o‘sishni namoyish etib, jadal rivojlanmoqda”, - dedi Octobank transchegaraviy o‘tkazmalar va elektron tijorat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilyev.
Shuningdek, spiker bank jamoasi hozirda Alipay va WeChat Pay orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi xizmatni faol ravishda ishlab chiqayotganiga e’tibor qaratdi.
Moliya bozoridagi holat:
2028 yilga kelib, global e-commerce bozorining hajmi 5,06 trln dollardan oshadi.
Shu bilan bir vaqtda, xalqaro pul o‘tkazmalari bozori ham tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.
Sohada xizmatlarni mahalliylashtirish, QR-kodli yechimlar, e-commerce va moliyaviy texnologiyalarni integratsiyalash, tartibga solishni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar ommalashmoqda.
Forumning ko‘rgazma maydonida Octobank stendi ko‘plab tashrif buyuruvchilarning e’tiborini to‘rtdi, u yerda xususiy shaxslar bank tomonidan bozorga taklif etilayotgan internet-ekvayring sohasidagi ilg‘or yechimlar bilan tanishdilar. Bank mutaxassislari bir qator maslahatlashuvlar o‘tkazdilar, shuningdek, mavjud va salohiyatli hamkorlar bilan istiqbolli digital- yechimlarni muhokama qildilar.
Digital Uzbekistan 5-xalqaro PLUS-Forumi 28-29 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyoning yetakchi muloqot platformasi har yili banklar, fintex kompaniyalari, e-commerce xizmatlari va regulyatorlarning o‘nlab xorijiy va mahalliy vakillarini raqamli moliya texnologiyalarining dolzarb tendensiyalari, yechimlari va istiqbollarini muhokama qilish uchun birlashtiradi.