O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining mijozlarni bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha yangi talablari
Hurmatli mijozlar!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 37/12-sonli farmoyishiga muvofiq, banklar mijozlarga ularning nomiga chiqarilgan bank kartalari soni to‘g‘risida ma’lumot berishlari kerak. Yaqin vaqt ichida siz tegishli ma’lumotlar haqida Push-bildirishnomalar yoki SMS xabarlarni qabul qila boshlaysiz.
Bildirishnomada nimalar aks etgan bo’ladi?
Yuboriladigan bildirishnomada bankimizda sizning nomingizga rasmiylashtirilgan bank kartalari soni ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik maqsadida kartalaringizning BIN raqami (birinchi 6 ta raqam) ko‘rsatiladi, bunda oxirgi 4 ta raqam ochiq holda bo‘ladi. Bu sizga mavjud kartalar sonini nazorat qilish va ularning barchasi sizning nomingizga rasmiylashtirilganini tekshirishga yordam beradi.
Bildirishnomada notanish karta mavjud bo‘lsa, nima qilish kerak?
Agar siz ko‘rsatilgan kartani rasmiylashtirmagan bo‘lsangiz, kartani yopish va u haqda batafsil ma’lumotlarini aniqlashtirish uchun Octobank OPERB ga murojaat qiling.
Shuningdek, ehtiyotkor bo‘ling, shubhali qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlarga ishonmang.
Firibgarlar bu vaziyatdan qanday foydalanishlari mumkin?
Jinoyatchilar o‘z maqsadlari yo‘lida innovatsiyalardan foydalanishga urinishlari mumkin. Firibgarlar o‘zlarini bank hodimi yoki tartibga soluvchi sifatida tanishtirib, sizdan kartangizni to‘liq ma’lumoti, CVV-kodi yoki parollarni so‘rashlari mumkin.
Yodda tuting!
Bankdan xabarlar faqat rasmiy raqamlar yoki kanallar orqali yuboriladi.
· Bank hech qachon telefon orqali to‘liq karta raqamini, CVV-kod, PIN-kod, SMS yoki boshqa kanallar orqali, parollarni so‘ramaydi.
· Agar sizga shaxsiy ma’lumotlarini so‘rab qo‘ng‘iroq bo‘lsa yoki xabar kelsa, zudlik bilan suhbatni to‘xtating va Octobankning rasmiy vakillari bilan Call-markaz raqami orqali bog‘laning: +998 71 202-33-33, shuningdek, @octobanksupport texnik yordam xizmatiga murojaat yuboring
Agar sizda savollar yoki shubhalar paydo bo‘lsa, Octobank mutaxassislari ularni tezkor hal qilishda sizga yordam berishadi!