13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

Toshkentda TAF!25 – Toshkent reklama festivali yorqin va keng ko‘lamda bo‘lib o‘tdi. Bu yil Markaziy Osiyodagi kreativ industriyaning asosiy voqeasini umumiy homiy sifatida qo‘llab-quvvatlagan Octobank bo‘ldi. Ushbu tadbir orqali Octobank ijodiy g‘oyalar va innovatsiyalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi.

Festivalda Octobank “2025-yilda O‘zbekistonda onlayn-biznes uchun qulay raqamli yechimlar yaratishdagi yetakchilik uchun” mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bu yuqori eʼtirof bankning raqamli banking sohasidagi yetakchi o‘rni va mamlakat biznes-ekotizimini rivojlantirishdagi hissasini yana bir bor tasdiqladi.


Mukofotni bank nomidan Octobank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Hamid Jumayev qabul qildi.

«Mukofotlar olish har doim yoqimli, ayniqsa ijodkorlarni ilhomlantiradigan va birlashtiradigan festivalda. TAF tashkilotchilariga e’tirof va ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz — bu biz uchun oldinga intilish va yangi natijalarga erishish uchun kuchli motivatsiya!», – dedi Hamid Jumayev.

TAF!25 Octobankdan yana bir muhim yangilik bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi: endi bank foydalanuvchilari Octo-mobile ilovasida AliPay to‘lov xizmati orqali xorijdagi xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin — bank birinchilardan bo‘lib o‘z ilovasi interfeysiga Xitoy to‘lov xizmatini joriy etdi. Bank vakillari festival stendlarida ushbu yangi xizmatni taqdim etdi.



Festivalda Octobank stendlari innovatsiya va ijodkorlik uyg‘unligini namoyon qildi. Ulardan biri — "Biz hammamiz bolamiz, faqat balandroq bo‘ldik" g‘oyasi bilan — bank falsafasining asosini tashkil etuvchi samimiylik, ochiqlik va fikrlash jasoratini ifodaladi. ESG qadriyatlariga amal qilgan holda, bank mehmonlar uchun o‘sish va barqaror rivojlanish muhimligini eslatib turuvchi — "O‘z brendingni o‘stir" ramziy sovg‘asini ham tayyorladi.

Octobank marketing va PR bo‘limi rahbari Muhammad Alinazarov sessiyalar va mahorat darslari blokini ochar ekan, "Xulq-atvor statistikasi: raqamlar aslida odamlar haqida nima deydi" deb nomlangan taxlili bilan o‘rtoqlashdi. Bu yerda muhim insayt "kreativlik har qanday sohada — hatto an’anaviy tarzda faqat quruq raqamlar kutiladigan joylarda ham zarur" ekanligi bo‘ldi.




“Inson xulq-atvorini tushunish odamlar uchun haqiqatan ham ish beradigan yechimlarni yaratishga yordam beradi. Hatto moliyaviy tahlilda ham ijodkorlikka jo‘y bor, chunki har bir raqam ortida haqiqiy odamlar, ularning tanlovlari va his-tuyg‘ulari turadi”, — dedi u.




Natijada, Octobankning TAF!25 bosh homiysi sifatidagi ishtiroki bankning zamonaviy raqamli banking madaniyatini shakllantirishga sodiqligini tasdiqladi — bunda texnologiyalar insonlarga xizmat qiladi, ijod esa oldinga intilishga ilhom beradi.

Поделитесь