Octobank Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan «China International Financial Exhibition» da ishtirok etmoqda
China International Financial Exhibition — Xitoy va dunyoda eng yirik moliyaviy ko‘rgazmalardan biri boʻlib, koʻrgazma 2025-yil 18-dan 20-iyungacha boʻlib oʻtadi.
Octobank ushbu tadbir doirasida Xitoy bilan olib borayotgan asosiy yoʻnalishlari haqida hamkorlariga ma’lumot berdi:
— CIPS tizimi orqali yuan hisob-kitoblari;
— transchegaraviy savdoni qoʻllab-quvvatlash;
— yashil moliyalashtirish;
— raqamli toʻlov texnologiyalari.
Shuningdek, bank blokcheyn-infratuzilmasini rivojlantirish va Xitoy bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitob kanallarini yaratish masalalarini ham muhokama qilmoqda.
China International Financial Exhibition — Xitoy va boshqa mamlakatlardan kelgan yirik banklar, fintex kompaniyalari, toʻlov tizimlari uchun tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maydonchasidir.