25.06.2025

Octobank Oʻzbekistondagi Amerika savdo palatasiga a’zo boʻldi

Octobank American Chamber of Commerce in Uzbekistan uyushmasiga Platinum Member maqomi bilan qoʻshildi. A’zolik tarmoq qoʻmitalariga kirish, soha boʻyicha tadbirlarda qatnashish hamda xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatish imkoniyatini beradi. Vazifalar qatorida — davlat bilan muloqotda ishtirok etish, hamkorlik loyihalarini rivojlantirish va moliyaviy xizmatlar shaffofligini oshirish.

American Chamber of Commerce in Uzbekistan 25 mamlakatdan 500 dan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi va biznes, investorlar va regulyatorlarni o‘zaro bogʻlaydi. 

«American Chamber of Commerce in Uzbekistan global komplayens hamjamiyati va rivojlangan mamlakatlarning eng yaxshi amaliyotlariga kirish imkonini beradi. Biz xavflarni boshqarishning ilg‘or standartlarini tezroq joriy etishimiz hamda mahsulotlarimiz va jarayonlarimizning ishonchliligini oshirishimiz mumkin», – Abror Ziyavutdinov, Octobank Boshqaruvi a’zosi, Ichki nazorat va komplayens departamenti direktori

«American Chamber of Commerce in Uzbekistanga a’zolik bizni faol netvorking maydoniga olib chiqadi: tarmoq qo‘mitalari, biznes nonushtalari va forumlarda ishtirok etish bankning PR ishtirokini kuchaytiradi va yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochadi», – deydi Komiljon Saidov, Octobank Ijro apparati rahbari.

Поделитесь