14.10.2025

Ehtiyot boʻling! Firibgarlar oʻzlarini nazorat qiluvchi organlar sifatida tanishtirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomidan soxta xatlar yuborish holatlari qayd etilgan.

Firibgarlar yuridik shaxslar, buxgalterlar va tashkilotlarning mas’ul xodimlariga QR-kod orqali "hujjatlar bilan tanishib chiqish" talabi bilan xat yubormoqda.

Xatlarda, agar ular e’tiborsiz qoldirilsa hisoblarni bloklash boʻyicha yolg‘on tahdidlar qilinmoqda.

Bu xatlarning rasmiy muassasalarga aloqasi yoʻq. QR-kod orqali oʻtish esa jinoyatchilarga korporativ ma’lumotlarga kirish imkoniyatini beradi.

Octobank qat’iy tavsiya qiladi:

✅ Xatlarning haqiqiy ekanligini tekshiring;

✅ QR kodlar va havolalar orqali oʻtmang;

✅ Shubhali xatlarga biriktirilgan ilovalarni ochmang.

Oʻz tashkilotingiz ma’lumotlarini asrang — firibgarlarning hiylalariga uchmang!

Поделитесь