Prezident «Banklardagi omonatlarni himoyasini kafolatlash» to'g'risidagi Qonunni imzoladi
Nima o‘zgardi?
Prezident “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Endi omonatning kafolatlangan miqdori bitta bankda 200 mln so‘mni tashkil etadi.
Bu omonatchilar uchun nimani anglatadi?
Agar sizda qonun kuchga kirgandan keyin ochilgan yangi omonatingiz bo‘lsa, uning faqat 200 million so‘m miqdoridagi mablag‘i kafolatlanadi
Agar omonat oldin ochilgan bo‘lsa, u summasidan qat’iy nazar to‘liq himoyalanadi.
Agar turli banklarda bir nechta omonatingiz bo‘lsa, kafolat har bir bankka alohida tatbiq etiladi.
Nima uchun limit kiritildi?
Bu omonatchilarni himoya qilish va bank tugatilgan taqdirda pulni qaytarishni tezlashtirish uchun qilingan.
Agar bank yopilsa, pul qachon qaytariladi?
Ilgari kompensatsiyalar 83 kundan so‘ng to‘lana boshlagan bo‘lsa, endi 20 ish kunidan keyin to‘lanadi, kelajakda esa bu muddat 7 kungacha qisqartirilishi kutilmoqda.
Endi tizim kimlarni himoya qiladi?
Ilgari qonun faqat jismoniy shaxslarning omonatlarini qamrab olgan bo‘lsa, endi u tadbirkorlarni, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ham himoya qiladi.
Agar omonat 200 million so‘mdan ortiq bo‘lsa-chi?
Istalgan summani saqlash mumkin, cheklov faqat bankni yopish holatlariga taalluqli. Odatdagi rejimda bank o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi.
Yanada ko‘proq ma’lumotni qerdan olish mumkin?
Markaziy bank va Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy saytlarida.