Octobank kartalari bilan bir harakatda yo‘l haqini to‘lash
2025-yil 1-yanvardan boshlab endi Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘lkira haqini naqd pul bilan to‘lash qabul qilinmaydi — faqat elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin. Agar naqd pul bilan to‘lashni istasangiz, bekat yoki infokiosklar orqali bir martalik chiptani oldindan sotib olishingiz kerak.
Octobank qulay yechimni taklif qiladi — kontaktsiz to‘lov! Qanday foydalaniladi:
— Octobankning NFC kartalari: HUMO, Visa yoki Mastercard. Shunchaki kartani terminalga tekkizing.
— NFCli Android-smartfon bilan Octo-Mobile ilovasi orqali. Visa va Mastercard kartasi to‘g‘ri keladi.
Birgina harakat — hammasi tayyor. Oddiy, tezkor va xavfsiz ⚡️
Octobank kartasini qanday rasmiylashtirish mumkin
— Octo-Mobile ilovasi orqali.
— Octobank ofisida, manzil: Furqat ko‘chasi, 2. Bizni "Yandeks Xaritalar" va “2GIS ”dan topish mumkin.