Sizga pul o‘tkazishdi, lekin kimdan ekanligini bilmaysiz: nima qilish kerak?
Hisobingizga kutilmaganda pul tushdi. Miqdori katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar, bu holatda ehtiyotkorlik bilan ish tutish muhim. Bunday pul o‘tkazmalari kimningdir xatosi yoki firibgarlik sxemasining bir qismi bo‘lishi mumkin. Qisqa yo‘riqnoma orqali, bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.
1. Balansingizni tekshiring
Ilova yoki internet-bankni oching va mablag‘lar haqiqatan ham hisobingizga tushganiga ishonch hosil qiling. Ba’zida firibgarlar bank nomidan kelgan xabarlarga o‘xshash soxta SMS yoki messenjer xabarlarini yuborishadi.
2. Bank bilan bog‘laning
Bank xodimlariga kutilmagan tushum haqida xabar bering - u yerda murojaatingizni ro‘yxatga olishadi va pul o‘tkazmasini tekshirib ko’rishadi.
3. Bu pullarni ishlatmang
Vaziyat oydinlashmaguncha, tushgan pullarni ishlatmang. Aks holda bu asossiz boylik orttirish sifatida baholanishi mumkin. Bu pulni qaytarish va sud xarajatlarini qoplash majburiyatini keltirib chiqarishi mumkin.
4. Lekin qaytarib o’tkazishga ham shoshilmang
Agar kimdir sizga xat yozib, pulni qaytarib o‘tkazishni so‘rasa - ayniqsa boshqa rekvizitlarga - rozi bo‘lmang. Firibgarlar shunday yo‘l tutishadi: pul o‘tkazganingizdan so‘ng, ular sizni - noqonuniy tashkilotlarga homiylik qilganingiz yoki dropperlik uchun shantaj qilishlari mumkin. Bankingiz ko‘rsatmalarini kuting.
5. Yozishmani saqlab qoying
Taxminiy pul jo‘natuvchi bilan bo‘lgan barcha aloqalarni qayd etib boring:
yozishmalarning skrinshot qiling;
qo‘ng‘iroqlarni yozib oling (imkoni bo‘lsa);
pul o‘tkazmalari haqidagi har qanday tasdiqlovchi hujjatlarni saqlab qo’ying.
Agar ish sud jarayonigacha boradigan bo‘lsa, bu materiallar dalil sifatida kerak bo’lishi mumkin.
“Agar sizga kutilmaganda pul tushgan bo‘lsa, — bu sovg‘a emas, balki sizning hushyorligingiz kerak bo‘lgan vaziyatdir. Bankingiz ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qiling, pulni sarflamang, lekin pulni qaytarishga ham shoshilmang, qo‘ng‘iroqlar va yozishmalarni saqlab qo’ying. Bu bilan siz o‘zingizni firibgarlardan va ortiqcha muammolardan himoya qilasiz”, – Octobank.