28.11.2025

Octobank rahbariyati boshqa O‘zbekiston banklari vakillari bilan birgalikda (Buyuk Britaniyadagi) MBF Academyda o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomladilar

Malaka oshirish kursining mavzusi: “Chakana bank xizmatlari, risk-menejment va lizing: barqaror moliyaviy institutlarni shakllantirish”.

Dastur Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan o‘tgan va xalqaro darajada e’tirof etilgan. Sertifikatlarni topshirish marosimi O‘zbekistonning Londondagi Elchixonasida bo‘lib o‘tdi.

Bu — Octobank xodimlari ishtirok etayotgan MBF Academyning uchinchi dasturidir.

“Octobank xodimlarning kasbiy o‘sishiga muntazam ravishda investitsiya qiladi. Biz buni bankning bozordagi barqarorligi va samaradorligining asosi, deb bilamiz. Bunday dasturlar kompetensiyalarni kengaytirish va barcha yo‘nalishlarda yuqori ish standartlarini ta’minlash imkonini beradi.”

MBF Academy sertifikatlari xodimlarning yuqori darajadagi tayyorgarligini tasdiqlaydi hamda bankka kundalik faoliyatda eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni joriy etishda yordam beradi.

Поделитесь