01.10.2025

O’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz!

Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling!

Siz — kelajak poydevorini barpo etayotgan insonlarsiz. Siz o‘z bilim, tajriba va mehringizni baxshida etib, bu poydevorni yanada mustahkam qilmoqdasiz. Aynan sizning fidokorona mehnatingiz tufayli yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar, tadbirkorlar va rahbarlar voyaga yetmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, minnatdor shogirdlar va yuksak yutuqlar tilaymiz!

Поделитесь