Internetda xaridlar va obunalar uchun xavfsiz toʻlovlarni amalga oshirish: Octobank virtual kartasi nima uchun kerak
Octobank virtual kartasi yordamida internet orqali xaridlarni amalga oshirish, mehmonxonalarni bron qilish yoki obuna boʻlish — bu qulay hamda xavfsiz.
Virtual karta nima?
Virtual karta — bu toʻlaqonli debet kartasi, faqat plastiksiz. Karta raqami, amal qilish muddati va CVC-kodi mobil ilovada saqlanadi. Uning afzalliklari:
Bir zumda rasmiylashtirish imkoniyati — Octo-Mobile ilovasi orqali, bankka bormasdan ochish mumkin.
Xavfsizligi — internetdagi xaridlar: onlayn-doʻkonlarda, xizmatlarga obuna boʻlish, mehmonxonalar va aviachiptalarni bron qilish uchun juda mos keladi. Agar asosiy karta ma’lumotlarini kiritishni xohlamasangiz, virtual karta rekvizitlarini kiriting.
Octo-Mobile ilovasida Octobank virtual kartalariga tezkor oʻtkazmalar.
Kontaktsiz toʻlovlar — virtual kartani NFC mavjud Android smartfoniga yoki Garmin kabi «aqlli» soatlarga ulab qoʻyish va doʻkonlarda kontaktsiz toʻlovlar uchun ishlatish mumkin.
Virtual karta qanday qilib Sardorga xorijiy internet-doʻkondan tovar sotib olishga yordam berdi
Onlayn-xaridlar va mavsumiy chegirmalar ishqibozi — Sardor bilan tanishing. 11.11 noyabr chegirmalar paytida Sardor internet-doʻkonda oʻzi anchadan beri xohlab yurgan quloqchinlarga katta chegirma e’lon qilinganini koʻrib qoldi. U toʻlov uchun asosiy kartasini ulamaslikka qaror qildi. Uning oʻrniga u Octo-Mobile ilovasida virtual kartani tanladi.
Kartani rasmiylashtirishga bir necha daqiqa ketdi: u 6 oylik amal qilish muddatiga ega boʻlgan dollarli Visa kartani tanladi. U rasmiylashtirgandan soʻng darhol uni internet-doʻkondagi hisobiga ulab, quloqchinlarga buyurtma berdi. Virtual karta uning uchun qulay toʻlov usuliga aylandi va endi Sardor undan xizmatlarga obuna boʻlishda ham foydalanmoqda.
Sardor uchun karta afzalliklari:
U oʻzining asosiy kartasini himoyaladi, chegirmadagi xaridni tezda rasmiylashtirdi.
Virtual karta nafaqat tovarlarni xarid qilish, balki xorijiy xizmatlarga obuna boʻlish uchun ham qulay toʻlov usuliga aylandi.
U Octo-Mobile ilovasida kartadagi xarajatlarni osongina kuzatishi va tranzaksiyalarni nazorat qilishi mumkin.
Octobank qanday virtual kartalarni taklif etadi
2024 yil boshidan buyon Octobank mijozlari 100 mingdan ortiq virtual kartalarni rasmiylashtirdilar. Octo-Mobile ilovasida virtual kartalarning bir nechta variantlarini ochish mumkin:
Visa va Mastercard. AQSH dollari va soʻmda ishlab chiqariladi, xalqaro va mahalliy xaridlar uchun foydalanish mumkin. Amal qilish muddatini 3 oydan 2 yilgacha tanlash imkoniyati mavjud.
Humo. Soʻmli karta — mahalliy onlayn xaridlar uchun mos keladi.
Virtual kartani qanday ochish mumkin
Octo-Mobile ilovasida kartalar roʻyxatiga oʻting va «Qo‘shish»ni tanlang.
«Virtual karta»ni tanlang.
Toʻlov tizimini — Visa, Humo, Mastercard, va valyutani ko’rsating.
Amal qilish muddatini kiriting.
Harakatlarni SMS-kod orqali tasdiqlang.
Tayyor — karta faol va foydalanishga tayyor!
Asosiysi
Octobank virtual kartalari — bu asosiy kartangizni ulamasdan onlayn xaridlarni amalga oshirish, mehmonxonalarni bron qilish va obunalarni rasmiylashtirishning oddiy va xavfsiz usulidir. Kartalar Octo-Mobile ilovasida bir zumda rasmiylashtiriladi va smartfonlar va aqlli qurilmalar orqali xalqaro toʻlovlar va kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirishni taʻminlaydi.
Octobank virtual kartalarni ochish va ularga xizmat koʻrsatish uchun toʻlov olmaydi va barcha operatsiyalarni Octo-Mobile orqali kuzatish mumkin.