25.02.2025

Octobankdan Visa Infinite

Bu karta o‘z sayohatida qulaylik, xavfsizlik va premium xizmatni qadrlaydiganlar uchun

— Dunyo bo‘ylab aeroportlarning biznes zallariga kirish imkoniyati. DragonPass dasturi orqali 6 tagacha bepul tashrif buyurish mumkin.
— Butun oilangiz uchun sug‘urta. Sug‘urta puli $2,5 mlnga qadar qoplanadi.
— Konserj-servis. Har qanday masalada: mehmonxonani band qilishdan tortib avtomobil ijarasigacha.  
— Roumingda 3 GB bepul internet. 
— Toshkent aeroportidagi CIP zali. Biznes-zalga yiliga 10 martagacha bepul tashrif buyurishingiz mumkin.

Visa Infinite egalari Toshkent aeroportida CIP-zaldan qanday foydalanishi mumkin

Zalga tashrif buyurishdan oldin 35 kun ichida 6 million so‘mlik xaridlarni amalga oshiring (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi). Bunda hisobga olinmaydi: kartadan kartaga va rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazmalar, naqd pul yechib olish va kreditlarni to‘lash. Boshqa premium xizmatlar qo‘shimcha shartlarsiz taqdim etiladi.

Kartani qaerda rasmiylashtirish mumkin

— Octobank bosh ofisida, manzil: Furqat ko‘chasi, 2-uy. Bizni «2GIS» va «Yandeks Xarita» orqali topish mumkin.
— Visa Infinite kartasining barcha afzalliklari haqida batafsil ma’lumot — Visa saytida.

Поделитесь