Yuridik shaxslar uchun kreditlar

Korporativ mijozlar uchun kreditlar ko‘chmas mulk, transport va uskunalar xaridi, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, kassa uzilishlarini bartaraf etish va boshqa har qanday qonuniy maqsadlarga beriladi.

Yuridik shaxslar uchun kreditlar
Kredit summasi

Cheklanmagan *

Kredit muddati

60 oygacha

Foiz stavkasi

Milliy valyutada — yillik 21%dan, xorijiy valyutada — yillik 11%dan boshlab

Qaror qabul qilish 3 bank kuni ichida

barcha zarur hujjatlar topshirilgandan so‘ng, yirik loyihalarni ko‘rib chiqishda ko‘rib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin

* O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 29.10.2020-yilda 3283-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizom” da belgilangan me’yor doirasida

Kredit qanday beriladi?

Kreditni bank ofisida rasmiylashtirish mumkin

Valyuta

O‘zR milliy valyutasida - so‘mda, xorijiy valyuta (AQSH dollari)da

Kredit ta’minoti

Majburiyatlar ta’minoti sifatida xavf darajasiga qarab, bankning Kredit siyosatiga muvofiq ta’minot turlari qabul qilinadi.

Asosiy qarzni uzish jadvali

Annuitet usuli /differensiallashgan usul bilan

Kredit mahsulotining nomi

Yuridik shaxslar uchun kreditlar

Kredit maqsadi
  • Ko‘chmas mulk sotib olish;

  • Avtotransport vositalarini sotib olish;

  • Uskunalar sotib olish;

  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish;

  • Ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish;

  • Kassa uzilishlarini qoplash;

  • Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.

Foiz stavkasi

Milliy valyutada
12 oygacha – yillik 21% dan boshlab
24 oygacha – yillik 22% dan boshlab
36 oygacha – yillik 24% dan boshlab
48 oygacha – yillik 25% dan boshlab
60 oygacha – yillik 27% dan boshlab

Xorijiy valyutada
12 oygacha – yillik 11% dan boshlab
24 oygacha – yillik 12% dan boshlab
36 oygacha – yillik 13% dan boshlab
48 oygacha – yillik 14% dan boshlab
60 oygacha – yillik 15% dan boshlab

Kredit muddati

60 oygacha

Kreditning to‘liq qiymati (KTQ)

Bazaviy foiz stavkasi asosida hisoblanadi

Kreditning imtiyozli davri

Loyiha hamda kutilayotgan pul oqimlaridan kelib chiqib belgilanadi

Asosiy qarzni to‘lash muddatlari buzilganda foiz stavkasi

Kreditning muddati o'tgan qismiga nisbatan o'rnatilgan stavkadan 1,5 barobar qo'llaniladi

Kreditni rasmiylashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar

Garovni sug‘urtalash va garovga olish bilan bog'liq notarial xarajatlar

Kreditni kim rasmiylashtirishi mumkin?
  • Yuridik shaxs

  • Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar

Kredit berish to‘g‘risidagi qarorni bank yoki filial qabul qiladi, shuningdek ular mijozni tahlil qilish va skoring jarayonini amalga oshiradi.

Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati

Ta’sis hujjatlari, moliyaviy hisobotlar, hisobvaraqlar va majburiyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, garov hujjatlari, loyiha va faoliyat turiga qarab boshqa hujjatlar

Kredit buyurtmasini shakllantirish usuli

Bank ofisida, manzil: Toshkent shahri, 100021, Furqat ko‘chasi, 2-uy

Kredit berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish usuli

Kredit berish to‘g‘risidagi qaror kredit qo‘mitasi tomonidan mijozdan olingan ma’lumotlar va hujjatlar asosida qabul qilinadi

Kredit ajratish shakli

Pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bir martalik yoki bo‘lib-bo‘lib

Parallel ravishda bir nechta kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati

Kredit komissiyasi qaroriga muvofiq

Qarz oluvchi to‘lovlarining davriyligi

Har oyda, to‘lov jadvaliga muvofiq

Kreditni qaytarish usuli

(Annuitet) Bir xil miqdordagi yoki kamayib boruvchi davriy to‘lovlar

To‘lovlar davrida bir martalik to‘lov summasi

Asosiy qarz va muddatli foizlar summasini o‘z ichiga oladi va to‘lov jadvalida ko‘rsatiladi

To‘lov sanasi

To‘lov jadvaliga muvofiq

Muddatidan oldin to‘lash tartibi

Kreditni qisman yoki to'liq muddatidan oldin to‘lash mumkin

Kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda qarz oluvchining javobgarligi va xatarlari

Bank qarz oluvchidan/kafildan kredit/kafillik shartnomasiga muvofiq kreditni muddatidan oldin (hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda) qaytarishni talab qilishga haqli.

Kredit shartnomasi tomonlaridan biri bo‘lgan garovga qo‘yuvchi, kafil va boshqa shaxslarning mas’uliyati hamda xatarlari

Ajratilgan kredit bo‘yicha davriy muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa, bank undiruvni ta'minotga qaratish huquqiga ega

Dastlabki hisob-kitob

Aniq hisob-kitobni olish uchun Bank ofisiga keling va kredit olish uchun ariza topshiring

Kredit summasi

10000

Muddati

12

Foiz stavkasi

11

To'lov turi

annuity

Oylik to'lov

$

Ortiqcha to'lov summasi

$

Umumiy to'lov summasi

$
Oy Oylik to‘lov Stavka Asosiy qarz Qoldiq


Аxborot varaqasi

avtokredit asosiy shartlari to‘g‘risida

Tijorat bankining nomi

AO "Octobank"

Tijorat bankining sayti

https://octobank.uz/

Tijorat bankining telefon raqami

+998 71 202 33 33


1-bo‘lim. Avtokredit haqida ma‘lumot

Kredit maqsadi

Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari va uskunalarni sotib olish;

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish;

Ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish;

Kassa uzilishlarini qoplash;

Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.

Kredit summasi
Kredit foydalanish muddati (oy)
Kreditdan foydalanish muddati davrida foiz stavkasi (nominal miqdorda) va ushbu foiz stavkasi bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan summa
(foiz ko’rinishida)
sum
(kreditning to‘liq muddati uchun pul ifodasida)
Kreditning butun muddati uchun to’lanishi lozim bo’lgan umumiy summa

(kredit summasi)
sum
(hisoblangan foizlar)
sum
(jami to‘lanadigan summa)
To’lov davrida bir martalik to’lov summasi:
annuitet usulda
differensial usulda
sum
Kreditning to‘liq qiymati (nominal foiz stavkasi va kreditga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘z ichiga oladi)

To‘lovlar davriyligi

(har oyda, har chorakda va h.k.)

Har oyda, to‘lov jadvaliga muvofiq

Kreditni qaytarish usuli

Differensial yoki annuitet to‘lovlari bilan

Taqdim etish shakli

Kredit ajratish bank tomonidan pul mablag‘larini yuridik shaxs (avto konsalting kompaniyasi) va/yoki jismoniy shaxsning bank hisob raqamiga, qarzdor tomonidan kreditning amaldagi shartlariga muvofiq boshlang’ich to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mablag’ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Kredit bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar, shu jumladan (agar bunday xarajatlar mavjud bo‘lsa):

— kreditni rasmiylashtirish bo‘yicha bank komissiyalari

Mavjud emas

— uchinchi shaxslarning xizmatlari:
— xavflarni sug‘urtalash - avtomobilni kompleks ixtiyoriy sug‘urtalash (KASKO)

Garovni baholash, garovni sug‘urtalash va garovni rasmiylashtirish bo‘yicha notarial xarajatlar, kreditning qaytarilmaslik xatari polisini olish bilan bog‘liq xarajatlar.

— kredit berilganligi uchun to‘lov

Mavjud emas

Kredit olish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish muddati

3 ish kunidan boshlab




2-bo‘lim. Moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liq boshqa muhim shartlar


Kredit bo‘yicha qarzni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun shartnomaga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka (jarima, penya) (bunday shart mavjud bo‘lgan taqdirda)




Kredit bo‘yicha qarzni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun (bunday shart mavjud bo‘lganda) kredit summasidan to‘lanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori



1,5 baravarga oshiriladi, oshirilgan foiz stavkasi kredit bo‘yicha muddati o‘tgan asosiy qarzning amaldagi qoldig‘iga hisoblanadi.


Kreditni ta’minlash (ta’minot predmetiga qo‘yiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)


Majburiyatlar ta’minoti sifatida xavf darajasiga qarab, bankning Kredit siyosatiga muvofiq ta’minot turlari qabul qilinadi.


Kredit olishga rozilik berishdan oldin diqqat bilan tanishib chiqing!

Siz bankdan kredit/mikroqarz shartlari va qiymati, to‘lovlar va hisob-kitoblar tartibi (foizlar, jarimalar va penyalar), kredit shartnomasi (mikroqarz shartnomasi) bo‘yicha huquq va majburiyatlaringiz, kredit shartnomasidan (mikroqarz shartnomasidan) kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavflar va javobgarlik, shuningdek, sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot olish huquqiga egasiz.

Agar sizda e’tiroz bo‘lsa, +998 71 202 33 33 telefon raqamiga yoki O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 10021, Furqat ko‘chasi, 2-uy manziliga yoxud info@octobank.uz elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin

AXBOROT

VARAQASINING ISHONCHLILIGI

VA HAQIQIYLIGI

TASDIQLANGAN


_________________________________ __________________________

(Mutaxassisning F.I.SH. va lavozimi) To‘ldirilgan sana


*Ushbu varaq kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun ariza o‘rnini bosmaydi, balki turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslash va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.

Milliy yoki chet el valyutasida investitsion maqsadlar uchun kredit berish to‘g‘risidagi shartnoma

kredit_shartnomasi_na-munaviy_shakli_uz, 203.10 KB

Faylni koʻrish

Maslahat olish uchun ariza qoldiring

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi!
Yana joʻnatish
Shaklni yuborishda nimadir xato ketdi.