Octobank 25 yilligini kelajakka qaratilgan ijtimoiy tashabbus bilan nishonladi

25-yil — bu ishonch, barqaror rivojlanish va har kuni Octobankni tanlaydigan millionlab mijozlar oldidagi mas’uliyat yo‘lidir.

Chorak asr davomida biz moliyaviy institutdan O‘zbekistonning raqamli bank ekotizimidagi muhim ishtirokchilaridan biriga aylandik.

Biz uchun muhim sanalar nafaqat erishilgan natijalarni sarhisob qilish, balki mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik ulashish imkoniyatidir.

Yubiley munosabati bilan bank tantanali tadbirlar o‘tkazishdan voz kechib, SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi dasturlarida ishtirok etayotgan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar va yoshlar hamda oilaviy muqobil parvarish shakllarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etdi.

Ushbu kun bolajonlar qalbida iliq va yaxshi xotira bo‘lib qolishiga chin dildan ishonamiz.

Octobank tarixining bir qismi bo‘layotgan har bir mijozimiz, hamkorimiz va xodimimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Birgalikda oldinga intilishda davom etamiz!

Поделитесь