20.07.2026

2026-yil II choragida «Octobank» AJga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomi (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) talablariga muvofiq, «Octobank» AJda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bank tomonidan murojaatlar bevosita va masofaviy shakllarda muntazam qabul qilinib, ular belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, tasdiqlangan jadval asosida Bank Boshqaruvi a’zolari tomonidan fuqarolarni shaxsiy qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

2026-yilning II choragi davomida bankka jami 47 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan:

8 ta – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;
13 tamurojaat.gov.uz portali orqali;
8 tapm.gov.uz portali orqali;
11 ta – bankning rasmiy elektron pochta manzili orqali;
4 ta – bankning operatsion bo‘limiga bevosita tashrif orqali;
2 ta – bank Kontakt-markazi orqali;
1 ta – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ishonch telefoni orqali.

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga to‘g‘ri keladi:

  • bank hisobvaraqlarini yopish;

  • bank hisobvaraqlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish;

  • bank mobil ilovasi faoliyati;

  • bank plastik kartalarini bloklash.


Shuningdek, quyidagi masalalar yuzasidan ham murojaatlar qayd etilgan:

  • bank faoliyatiga aloqador bo‘lmagan masalalar;

  • HUMANS xizmati faoliyati;

  • bank Kontakt-markazi faoliyati;

  • xalqaro pul o‘tkazmalari;

  • bank hisobvarag‘ini bloklash;

  • bankka ishga joylashish masalalari.

«Octobank» AJ tomonidan kelib tushgan barcha murojaatlar amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularning o‘z vaqtida, xolis va har tomonlama ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda. Bank murojaatlar tahlili asosida xizmatlar sifatini yanada oshirish, mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni izchil amalga oshirib bormoqda.

Поделитесь