08.05.2026
9-may — jasorat, matonat va hayotning haqiqiy qadri ulug‘lanadigan kun
Bu sana ortida millionlab taqdirlar, yo‘qotilgan umrlar va yelkasida Vatan taqdirini ko‘targan insonlar turadi.
Biz bugungi tinch osmon, osoyishtalik va porloq kelajak uchun kurashgan ajdodlar oldida bosh egamiz.
Ularning jasorati — nafaqat tarix sahifalarida, balki xalq qalbida ham yashaydi.
🕊 Bizga berilgan eng katta ne’mat — tinchlik. Uni asrash esa har birimizning burchimiz!
Xotira va qadrlash kunida Octobank qahramonlar jasoratini chuqur ehtirom bilan yod etadi va ular xotirasini ardoqlaydi.