27.11.2026

Doʻstingizdan kelgan fayl ham xavfli bo‘lishi mumkin! ⚠️

«Ko‘rdingmi?»
«Tez och!»
«Suratdagi senmisan?»

Tanish insondan kelgan bunday xabarlar shubha uyg‘otmasligi mumkin. Ammo firibgarlar aynan ishonchdan foydalanib, zararli fayl yoki havolalarni tarqatishi mumkin.

🔹 Xabarni yuborgan shaxs haqiqatan ham do‘stingiz ekanini boshqa aloqa kanali orqali tekshiring.
🔹 .apk, .exe, .pptx kengaytmali noma’lum yoki shubhali fayllarni ochmang.
🔹 Xabardagi havolalarni tekshirmasdan bosmang.
🔹 Agar do‘stingiz uning nomidan shubhali xabar yuborilmaganini aytsa, uning akkaunti buzilgan bo‘lishi mumkinligini inobatga oling.

Esda tuting: tanish akkauntdan kelgan har qanday fayl ham xavfsiz degani emas.

Поделитесь