10.07.2026

Octobankning kredit reytingi «uzA++» darajasiga ko‘tarildi

«Ahbor-Reyting» agentligi 2025-yil yakunlari bo‘yicha Octobankning kredit reytingini «Barqaror» prognozi bilan «uzA++» darajasiga ko‘tardi.

«uzA++» reytingi bankning kreditga layoqatliligi juda yuqori darajada ekanini va moliyaviy barqarorligini ko‘rsatadi. Ushbu baho Octobankning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega ekanini hamda kredit xavfi juda past darajada baholanganini anglatadi.

Reyting bank faoliyatining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari, majburiyatlarini bajarish salohiyati, operatsion faoliyat barqarorligi, likvidlik darajasi, aktivlar sifati va boshqa muhim omillarni kompleks tahlil qilish asosida shakllantiriladi.

Octobank kredit reytingining so‘nggi yillardagi izchil o‘sishi bank rivojlanishining ijobiy dinamikasini namoyon etadi. 2023-yil yakunlari bo‘yicha bankka «uzA» darajasidagi kredit reytingi berilgan bo‘lsa, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich «uzA+» darajasiga, 2025-yil yakunlari bo‘yicha esa «uzA++» darajasiga ko‘tarildi.

Reytingning navbatdagi bosqichga ko‘tarilishi Octobank nafaqat o‘zining barqaror mavqeini saqlab qolayotganini, balki faoliyat ko‘lamini izchil kengaytirib, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilab borayotganini ham ko‘rsatadi.

Bank xizmatlari va raqamli yechimlarining rivojlanishi, faoliyat samaradorligining oshishi hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarning mustahkamlanishi bilan birga Octobankning kredit reytingi ham izchil o‘sib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Octobank uchun «uzA++» reytingi shunchaki navbatdagi e’tirof emas. Bu — bankning izchil rivojlanishi, moliyaviy barqarorligi va mijozlar oldidagi mas’uliyatiga berilgan mustaqil bahodir.

Octobank zamonaviy moliyaviy va raqamli xizmatlarni rivojlantirish, mijozlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish hamda bozordagi mavqeini mustahkamlash yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

Поделитесь