15.10.2026

Octobank Londonda IAMTN 2026 xalqaro sammitida ishtirok etdi

Octobank Xalqaro pul o‘tkazmalari tarmoqlari assotsiatsiyasiga Platinum hamkor sifatida qo‘shildi, shuningdek 7–8-oktabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro sammitida Gold Sponsor sifatida ishtirok etdi. Bank delegatsiyasi xalqaro to‘lovlar sohasidagi tajribasini taqdim etib, tadbir ishtirokchilari bilan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi. Ikki kun davomida Octobank jamoasi 22 ta mamlakatdan 34 ta tashkilot vakillari bilan aloqalar o‘rnatdi. Ular orasida Yevropa, Osiyo va Amerika moliya bozorlari vakillari ham bor.

Xususan, Octobank PayPal, Dubai Islamic Bank va Worldpay kabi amaldagi hamkorlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Xalqaro to‘lovlar va pul o‘tkazmalari sohasida faoliyat yurituvchi — Thunes, UniTeller va Belmoney kompaniyalari bilan muzokaralar esa kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishish bilan yakunlandi.

Ushbu aloqalarni rivojlantirish Octobank uchun pul o‘tkazmalarining yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish va mijozlarga taklif etiladigan to‘lov yechimlari ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun:

  • Thunes (Singapur) — 140 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan global transchegaraviy to‘lovlar tarmog‘i.

  • UniTeller (AQSh) — 120 dan ortiq mamlakatda 200 mingdan ziyod pul berish punktiga ega xalqaro pul o‘tkazmalari tarmog‘i.

  • Belmoney (Belgiya) — Remittance-as-a-Service (RaaS) modeli asosida xizmat ko‘rsatuvchi, 150 dan ortiq mamlakatni qamrab olishini ma’lum qilgan xalqaro pul o‘tkazmalari provayderi.


Octobank mutaxassisi sammit minbarida

Sammitning biznes dasturi doirasida Octobankning transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat yo‘nalishi bo‘yicha boshqaruvchi direktor o‘rinbosari Igor Shishkov ma’ruza bilan ishtirok etdi. U bankning xalqaro to‘lovlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash borasidagi yondashuvlarini taqdim etdi. Shuningdek, xalqaro to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning salohiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Sammit ishtirokchilari O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Octobank mamlakatimizning buyuk olimlari va mutafakkirlari tasvirlangan esdalik tangalarini taqdim etib, mehmonlarga O‘zbekiston madaniyati va tarixidan ramziy bir yodgorlik ulashdi. Shu tariqa, ishtirokchilar yangi ishbilarmonlik aloqalari bilan bir qatorda, O‘zbekiston tarixining bir bo‘lagini ham esdalik sifatida olib ketishdi.

Octobank Boshqaruv raisining o‘rinbosari Sardor Shavqiyev sammitdagi ishtirok va uning ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “IAMTN 2026 Annual Summit doirasida erishilgan kelishuvlar milliy va xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday sammitlarda ishtirok etish bizga nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish, xalqaro to‘lovlar tarmog‘iga integratsiyalashish hamda mijozlarimiz uchun yanada qulay va tezkor pul o‘tkazmalari yechimlarini rivojlantirish imkonini beradi.”

Octobank uchun bunday nufuzli xalqaro maydonlarda ishtirok etish yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, transchegaraviy to‘lovlar bozoridagi tendensiyalarni o‘rganish va xalqaro hisob-kitoblar yo‘nalishidagi imkoniyatlarni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa bankning xalqaro moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlash va mijozlar uchun yangi moliyaviy yechimlarni rivojlantirishga zamin yaratadi.

IAMTN o‘zi nima?

IAMTN (The International Association of Money Transfer Networks) — 2005-yilda tashkil etilgan xalqaro assotsiatsiya bo‘lib, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va to‘lovlar bozori ishtirokchilarini birlashtiradi. Assotsiatsiya moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, to‘lov tizimlarini takomillashtirish, pul o‘tkazmalari xarajatlarini kamaytirish hamda biznes vakillari va tartibga soluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi.
So‘nggi yillarda assotsiatsiyaning yirik sammitlari quyidagi shaharlarda bo‘lib o‘tgan:

  • London (Buyuk Britaniya);

  • Dubay (Birlashgan Arab Amirliklari);

  • San-Paulu (Braziliya).

Platinum Member — xalqaro hamjamiyat a’zoligi
Platinum Member — IAMTN assotsiatsiyasidagi a’zolik maqomi. U xalqaro pul o‘tkazmalari va to‘lovlar sohasidagi tendensiyalarni kuzatish, sohaga oid muhokamalarda ishtirok etish hamda boshqa moliyaviy institutlar bilan tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Gold Sponsor — xalqaro maydondagi hamkorlik
Gold Sponsor maqomi Octobank brendining xalqaro professional hamjamiyat orasida tanilishini oshirish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.



Поделитесь