13.08.2026

Octobank hamkorlar uchun xalqaro pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

Octobank hamkor moliya tashkilotlari mijozlari endilikda O‘zbekiston va Turkiya, Xitoy, Isroil hamda Tojikiston o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.

So‘nggi bir necha oy ichida Octobank bir qator banklar va to‘lov tashkilotlarining infratuzilmaviy hamkoriga aylanib, ularga o‘z mijozlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermoqda.

Bugungi kunda foydalanuvchilar Turkiya, Xitoy, Isroil va Tojikistonga pul o‘tkazmalarini mahalliy va xorijiy banklar hamda to‘lov tashkilotlarining odatiy mobil ilovalari orqali bevosita amalga oshirishlari mumkin. Octobankning hamkor moliyaviy tashkilotlari qatorida Paynet, Mikrokreditbank, Asia Alliance Bank, BRB, Anorbank, Monox+ (Isroil fintex-xizmati), Tojikiston taraqqiyot banki bor.

Hamkorlar mijozlari uchun — bu eng muhim vaziyatlarda o‘z vaqtida, qiyinchiliksiz yordam berish, pul jo‘natish yoki to‘lov qilish imkoniyatini anglatadi. Bozor uchun esa — xalqaro pul o‘tkazmalarini tezroq, qulay va arzonroq qilish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

«Xalqaro pul o‘tkazmalarini bir vaqtning o‘zida bir nechta bank va to‘lov tashkilotlarida bajarish mumkin bo’lsa, bu endi alohida bir yangilik sanalmaydi. Bu xorijga tez va o‘zlari uchun qulay usulda pul jo‘nata olish imkoniyatiga ega millionlab foydalanuvchilar sari qo‘yilgan navbatdagi qadamdir. Bizning vazifamiz — hamkorlarga bunday imkoniyatlarni tezroq ishga tushirishga yordam beradigan to‘lov infratuzilmasini yaratishdir», - deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.

Поделитесь