25.05.2026

Bitkoin evaziga pitsa va Toshkent markazidagi Octobank plyaji: Bitcoin Pizza Fest birinchi kriptofestivali qanday o‘tdi

23 va 24-may kunlari Toshkentda O‘zbekistondagi birinchi shahar kriptofestivali — Bitcoin Pizza Fest bo‘lib o‘tdi. Octobank tadbirning bosh hamkori sifatida qatnashdi va shaharning qoq markazida plyaj dam olish muhitini beruvchi yozgi makon yaratdi. Tashkilotchi O‘zbekistondagi yirik kriptoekotizim bo‘lgan Asterium kompaniyasi bo‘ldi.

Festival minglab mehmonlar, musiqa, gastronomiyava texnologiyalarni o‘zida mujassam etdi. Ramziy lahzalardan biri kripto-aktivlar yordamida pitsa sotib olish imkoniyati bo‘ldi, bunda 2010-yilda ilk bor dasturchi Laslo Xanich ikkita pitsa uchun 10 000 bitkoin to‘lashi bilan boshlangan tarixga murojaat etildi. O‘shanda bu bir tajribadek bo‘lib ko‘ringan, ammo bugunga kelib yangi raqamli iqtisodiyot timsoliga aylandi.

Festivalning asosiy va eng gavjum maydonlaridan biri Octobank stendi bo‘ldi. Bank o‘z maydonini qum, shezlonglar va yozgi bezaklar bilan plyaj uslubida bezatdi. Bu hudud eng ko‘p odam kelgan joylardan biriga aylandi: bolalar sun’iy plyajda qum o‘ynasa, kattalar suratga tushib, bo‘lajak ta’til muhitidan bahra oldi. Maydonni bezashda ekologik tozalikka alohida e’tibor qaratildi — bolalar hududida tabiiy va xavfsiz qumdan foydalanildi.

Mehmonlar bankning raqamli xizmatlari bilan tanishdilar, tadbirlarda ishtirok etdilar va Octobankdan yozgi mavzudagi esdalik sovg‘alari - panamalar hamda bolalar puflab shishiriladigan suzish doiralarni qo‘lga kiritdilar.

“Biz uchun innovatsiyalarning qulaylik, xavfsizlik va atrof-muhitga mas’uliyatli yondashuv bilan uyg‘unlashishi muhim”, — deya ta’kidladi PR va marketing boshqarmasi rahbari Muhammad Alinazarov.

Shu bilan birga, maydonchada tashkilotchi tomonidan AUZ tokenlashtirilgan oltin o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, musiqiy chiqishlar yangradi, fud-zonalar va hunarmandlar mahsulotlari bozori ishladi.

Octobank uchun Bitcoin Pizza Fest’da ishtirok etish — innovatsiyalar odamlarning kundalik hayotiga tabiiy ravishda singib boradigan joyda hozir bo‘lish strategiyasining ifodasi bo‘ldi. Bank uchun bunday tadbirlar — bu eng avvalo muhit, his-tuyg‘ular hamda tushunarli va zarur bo‘lib borayotgan texnologiyalarni anglatadi.

Поделитесь