15.08.2025

Bank sektori uchun ESG nimani anglatadi

Nima uchun ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari har qanday faoliyat sohalari, jumladan, bank sektori uchun ham foydali?

Moliyaviy savodxonlikni oshirish tashabbusining davomi sifatida Octobank O‘zbekistonning zamonaviy biznesi uchun ESG tamoyillarini rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.

ESG — jamiyatga ma’lum va tushunarli bo‘lgan qisqartma. Bu biznes yondashuvi bo‘lib, unda kompaniyalar atrof-muhit, odamlar va boshqaruv sifati haqida qayg‘uradi, bu esa ularga muhim vazifalarni hal qilish va barqaror rivojlanishga yordam beradi.

Banklar ham ushbu qatorga kiritilgan - ular o‘z faoliyatlarini tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va halol, shaffof boshqaruvni ta’minlash yo‘nalishida tashkil etmoqdalar, iqtisodiyotdagi o‘ziga xos roli tufayli esa — banklar nafaqat o‘z resurslarini boshqaradi, balki moliyalashtirgan biznes va loyihalariga ham ta’sir ko‘rsatadilar.

“Davlat atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha mas’uliyatni oshirib, tobora yuqori talablar qo‘ymoqda, bunga qo’shimcha tarzda, iste’molchilar ham mas’uliyatni oshirib, sayyorani kelajak avlodlar uchun saqlab qolishni istaydi va shuning uchun "yashil" mahsulotlar va xizmatlarga e’tibor qaratmoqda”.

Har qanday biznesning asosiy maqsadi — foyda olish, shu bilan birga samarali ESG strategiyasini qo‘llash kompaniyaning ijobiy imidjini shakllantirishga va uzoq muddatli istiqbolda brendni mustahkamlashga yordam beradi. 

Tashkilot xodimlarga g‘amxo‘rlik qilsa, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratsa, o‘z shahri, mamlakati va dunyoning ekologik rivojlanishiga sarmoya kiritsa, u mijozlar va hamkorlar uchun yanada jozibali ko‘rinadi. Foydalanuvchilar bunday kompaniyalarga ko‘proq ishonch bildiradilar va barqaror rivojlanish qadriyatlarini ma’qul ko‘radigan iste’dodli mutaxassislar, ish joyi sifatida ularni ko‘proq tanlaydilar.

Bugungi kunda barqaror rivojlanish — bu insonlar, mamlakatimiz va ehtiyojlar kundan-kunga ortib borayotgan hamda ekologik tafakkur hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan dunyoda kelajak avlodlar uchun resurslarni qanday qilib avaylab saqlash haqidagi masaladir.


Поделитесь