Biznes onlayn to‘lovlarni Octobank internet-ekvayeringi yordamida qanday qabul qilishi mumkin
Octobank internet-ekvayeringi bilan sayt yoki ilovada Humo, Uzcard, Visa va Mastercard kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish mumkin. Har qanday onlayn loyihalar uchun mos keladi. Bu qanday ishlashini aytib o’tamiz.
Internet-ekvayering – bu nima
Internet-ekvayering — bu to‘lovni onlayn qabul qilish usuli. Mijoz sizning saytingiz yoki ilovangizda mahsulot yoki xizmat uchun to‘lovni amalga oshiradi — bank kartasi ma’lumotlarini kiritadi. To‘lov tasdiqlangandan so‘ng, pul hisob raqamingizga tushadi. Bu internet-do‘konlar, ta’lim platformalari va boshqa onlayn xizmatlar uchun qulay.
Octobank biznesga qanday yechimlarni taklif etadi
Oson integratsiya. Bir necha qadam bilan to‘ldirish oson bo‘lgan qulay sayt shakli. Aloxida yaratilgan saytlar uchun hujjatlar va CMS saytlari uchun tayyor yechimlar.
Pulni qaytarishlar va mablag‘ni vaqtincha bloklash. Agar mahsulot xaridorga ma’qul kelmasa, unga pulni to‘liq yoki qisman qaytarishingiz mumkin, shuningdek, agar mijoz mahsulot uchun pulni qaytarmoqchi bo‘lsa, vositachilik haqini tejashga yordam beramiz.
Obuna to‘lovlari. Obuna modeliga ega biznes uchun mos keladi — muntazam to‘lovlarni sozlash mumkin: bitta to‘lov mijoz ishtirokida, keyingilari — avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Batafsil tahlil: sotuvlar tahlili uchun tranzaksiyalar statistikasi.
PCI DSS sertifikati: mijozlarni himoya qilish uchun xalqaro xavfsizlik standartlari.
Ekvayering Sabinaga internetda savdo qilishda qanday yordam berdi
Sabina bolalar kiyimlarini tikadi va ilgari faqat Instagram orqali sotardi. Ammo sayt ishga tushirilgandan so‘ng, u bevosita to‘lovni qabul qilishning ishonchli usuliga muhtoj edi. U Octobankdan internet-ekvayeringni uladi va birinchi haftadayoq kartalar bilan to‘lov buyurtmalarini ola boshladi. To‘lovlar darhol keladi, u o‘tkazmalarni qo‘lda tekshirishi shart emas.
Sabina nimaga ega bo’ldi
24/7 to‘lovlarni qabul qilishning qulay usuli;
To‘lovlarni avtomatik qayta ishlash;
Shaxsiy kabinetda oddiy hisobotlar;
Xaridorlarning ko‘proq ishonchiga.
Octobank — O‘zbekistondagi eng yaxshi ekvayer - banklardan biri
Bizga nafaqat kichik biznes, balki mamlakatning eng yirik kompaniyalari ham ishonch bildiradi— ularning xizmatidan millionlab o‘zbekistonliklar foydalanadi:
UzAirways aviakompaniyasi
Korzinka GO oziq-ovqat yetkazib berish xizmati.
Yandex Eats oziq-ovqat yetkazib berish va Yandex Go taksi buyurtma qilish xizmatlari
Bundan tashqari, biz quyidagi mukofotlarga ega bo’ldik:
Visa versiyasi bo‘yicha 2024 yilning O‘zbekistondagi eng yaxshi bank-ekvayer bo‘ldik.
"2024 yilda O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha yetakchi ekvayer-bank " mukofotiga sazovor bo‘ldik. Mukofoti tashabbuskorlari —O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi
Octobank internet-ekvayering xizmatini ulang
Va siz to‘lovni 24 soatdan mobaynida qabul qilishingiz mumkin. Besh bank kuni ichida hisob raqamiga pul tushirish. To‘lovlarni istalgan bankning HUMO, Uzcard, Visa va Mastercard kartalaridan qabul qilish mumkin. Ulanish uchun saytda ariza qoldiring.