Moliyaviy holatingizni qanday yaxshilash mumkin: Octobank yo‘riqnomasi
Yaxshi moliyaviy holat — bu faqat yuqori maosh degani emas. U daromad, xarajatlar, jamg‘armalar va boshqa omillardan tashkil topadi. Moliyaviy holatni qanday baholash va uni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi haqida so‘zlab beramiz.
1. Moliyaviy holatingizni baholang
Quyidagilarni hisoblashga urinib ko‘ring:
Aktivlar va majburiyatlar — sizda nimalar bor va qancha qarzingiz bor;
Daromad miqdori va barqarorligi;
Xarajatlar darajasi;
Kredit yuki;
Moliyaviy zaxiraning mavjudligi.
Haqiqiy moliyaviy holatni ko‘rish uchun aktivlar va qarzlar jadvalini tuzing. Misol uchun Anvar va uning oilasi jadvali.
Tafsilotlar | Summa | |
Aktivlar | Naqd pul | 3 000 000 |
Banklardagi hisoblar | 3 000 000 | |
Sarmoyalar | 2 000 000 | |
Uy-joy | 350 000 000 | |
Avtomobil | 120 000 000 | |
Jami aktivlar | 478 000 000 | |
Majburiyatlar | Avtokredit | 40 000 000 |
Mikroqarz | 3 000 000 | |
qarzlar (do'stlarda, qarindoshlarda) | 2 000 000 | |
Jami majburiyatlar | 45 000 000 | |
Sof kapital | Aktivlar - Majburiyatlar | 433 000 000 |
Daromad | 9 500 000 | |
Daromad barqarorligi | Maosh, muntazam bo‘lmagan bonuslar | |
Xarajatlar | 7 500 000 | |
Kredit yuki | Avtomobil uchun | daromadning 21 foizi |
Moliyaviy zaxira | Oylik xarajatlarning 1/3 qismi | 3 000 000 |
2. Aktivlar va majburiyatlar o‘rtasidagi farqni kuzatib borish
Aktivlar — bu pul, ko‘chmas mulk, avtomobil. Majburiyatlar — kreditlar, qarzlar. Ular o‘rtasidagi farq — real kapital. Agar aktivlar majburiyatlardan kam bo‘lsa, demak, vaziyat beqaror emas. Bunday holda:
Aktivlarni ko‘paytiring — ko‘proq ishlab, daromadni oshirish.
Majburiyatlarni kamaytiring — kreditlarni to‘lash, yangi qarz olmaslik.
Anvarning aktivlari 478 mln so‘m, majburiyatlari — 45 mln so‘m. Uning sof kapitali 433 mln so‘mga teng. Bu yaxshi ko‘rsatkich: qarzlar aktivlarning 10 foizidan kamrog‘ini tashkil etadi. Shunga qaramay, kreditlarni, ayniqsa avtokreditni muddatidan oldin qaytarish qarz yukini kamaytirish va oilaning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi. |
3. Daromad va uning barqarorligini oshirish
Boy bo‘lish uchun daromadlar xarajatlardan yuqori bo‘lishi kerak. Shuningdek bitta harajat byudjetni butunlay barbod qilmasligi uchun bir nechta daromad manbalariga ega bo‘lish kerak. Nima qilish mumkin:
Faoliyat yo‘nalishingiz bo‘yicha malakangizni oshiring
Qo‘shimcha ta’lim olish va ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Qo‘shimcha ish qidirish.
Anvar oilasining daromadi — oyiga 9,5 mln so‘m. Bu O'zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, lekin asosan bir manbadan olinadi. Yechimi — qo‘shimcha daromad izlash, masalan, kichik onlayn biznes. |
4. Xarajatlarni nazorat qilish
Agar hamma pul sarflab yuborilsa, katta daromad ham yordam berolmaydi. Asosiy qoida shuki, xarajatlar daromadlardan kam bo‘lishi shart. Ularning orasidagi farq — jamg‘arma va investitsiyalar uchun manba bo‘ladi.
Qanday nazorat qilish kerak: byudjet hisobini yuritish, impulsiv xaridlarni bartaraf etish va yirik xarajatlarni oldindan rejalashtirish.
Anvarning oilasi oyiga 7,5 mln so‘m sarflaydi — bu daromadning 80 foizi. Bu qulay darajadan (70%) yuqori. Agar xarajatlar kamida 2-3 mln so‘mga qisqartirilsa, pul zaxirasini tezroq to‘ldirish va kreditlarni qaytarish mumkin bo‘ladi. |
5. Kredit yukini kamaytirish
Qarzlarni to‘lashga daromadning 30 %idan ko‘p qismi ketmasligi maqbul hisoblanadi. Agar foiz bundan yuqori bo‘lsa, qimmat kreditlarni muddatidan oldin to‘lashga harakat qiling va yuklamani kamaytirmaguncha yangi qarz olmang.
Ipoteka va avtokreditga oyiga taxminan 1,8 mln so‘m sarflanadi — bu daromadning 21 %, me’yordan biroz yuqori. Ustuvor vazifa — yuklamani xavfsiz darajaga (15% gacha) tushirish uchun avtokreditni muddatidan oldin yopishdir. |
6. Moliyaviy zaxira yaratish
3-6 oylik hayot uchun zaxira mablag’i — bu ishdan bo‘shash yoki to‘satdan katta xarajat qilish vaziyatida himoyadir. Avvaliga 1 oylik zaxiradan boshlang — keyin asta-sekin oshirib boring.
Anvarda 3 mln so‘m zaxira bor — bu oylik xarajatlarining yarmidan kam. Yarim yillik hayotni qoplash uchun 60 milliongacha oshirish kerak. Buning uchun har oy daromadning 20 %ni (1,9 mln so‘m) jamg‘arish mumkin — xarajatlarni kamaytirish va farqni jamg‘armalarga yo’naltirish orqali maqsadga 2 yil yoki undan tezroq erishish mumkin. |
7. Bosqichma-bosqich harakat qiling
Hammasidan tejash va dam olish kunlarisiz ishlash kerak emas. Yaqin vaqt ichida sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan 1-2 ta qadamni tanlang. Masalan:
Daromadning 10-20 foizini zahiraga qoldirish.
Ozgina qo‘shimcha daromad yo’lini topish.
Anvar ishni uchta qadamdan boshlashi mumkin:
|
Ko‘rinib turibdiki, moliyaviy farovonlik — bu tizimli ishlar natijasi. Daromadlar, xarajatlar va qarzlarni nazorat qilib borish kerak, zaxira uchun ham pul yig‘ish kerak. Bilingki, bularning barchasini amalga oshirar ekansiz, siz o‘zingizni erkinroq va ishonchliroq his qilasiz.