Octobank VII International Tashkent Marafonida ishtirok etdi
Octobank jamoasi 13-aprel kuni bo‘lib o‘tgan VII International Tashkent Marathon — ommaviy xayriya yugurish musobaqasida qatnashdi.
Bank xodimlari Yangi O‘zbekiston bog‘iga tutash manzarali yo‘nalishlar bo‘ylab 21 km, 10 km va 3 km masofani bosib o‘tishdi. Erta tongda toza havo va umumiy ko‘tarinki kayfiyat har bir faol ishtirokchimizga jo‘shqin ruh bag‘ishladi.
Yo‘l bo‘ylab jamoa a’zolari Octobank brendiga oid logotip bilan bezatilgan sport kiyimlarida 50 mamlakatdan tashrif buyurgan 11 mingdan ortiq sportchi orasida yaqqol ajralib turishdi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar ta’kidladilar:
«Yugurishda ishtirok etish — bu biz uchun nafaqat sport chaqirig‘i, balki yorqin his-tuyg‘ular, yangi g‘alabalar uchun ilhom va hamkasblar bilan jamoaviy ruhni mustahkamlovchi manbadir».
Mazkur marafon har yili O‘zbekiston Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etiladi.