Octobank Xitoy televideniyasida o‘z faoliyati haqida ma'lumot berdi
2025-yilda Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro moliyaviy ko‘rgazma (China International Financial Exhibition) doirasida Octobank vakili Li xonim Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vositalari — CCTV, Xinhua, Shanghai TV va boshqalarga intervyu berdi. Suhbat davomida u bankning O‘zbekistondagi faoliyati, raqamli xizmatlari, barqaror rivojlanishga bo‘lgan yondashuvlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish rejalari haqida so‘z yuritdi.
Octobankning Xitoy bilan hamkorlikdagi asosiy yo‘nalishlari: xitoylik hamkorlar uchun to‘lovlarning shaffof mexanizmlarini ta’minlash, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va raqamli to‘lov texnologiyalarini joriy etishdan iborat. Televizion lavhalarda, shuningdek, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston o‘rtasida Yuandagi hisob-kitob aylanmalarni kengaytirish istiqbollari ham yoritildi — Ta'kidlashicha bu davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi oyiga yuzlab million yuanga yetmoqda.
China International Financial Exhibition — bu Xitoy va boshqa mamlakatlardan kelgan yirik banklar, fintex-kompaniyalar, to‘lov tizimlari va regulyatorlar uchun tajriba almashish va hamkorlik o‘rnatish maydoni hisoblanadi.