30.05.2025

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

Octobank BS/2 xalqaro fintex kompaniyasi bilan memorandum imzoladi — u butun dunyo bo‘ylab banklarga zamonaviy bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlarini ishga tushirishga yordam beradi. Kelishuv 2025 yil 28-29-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan PLUS forumi doirasida imzolandi. Octobank tomonidan hujjatni boshqaruvchi direktor — Chakana savdo bloki rahbari Rustam Rafikov, BS/2 tomonidan esa — kompaniya bosh direktori Idrakas Dadashovas imzoladilar.

Kompaniyalar birgalikda Octobank bankomatlari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda: ularning funksional imkoniyatlari yanada kengayadi, ulardan foydalanish esa yanada oson va qulay bo’ladi.

Nima o‘zgaradi:

•  naqd pulni nafaqat beruvchi, balki qabul qiluvchi qurilmalar ulushining ortishi hisobiga bankomatlar tarmog‘i modernizatsiya qilinadi;

•  ular orqali xizmatlarga to’lov qilish, hisobni to‘ldirish va valyuta ayirboshlash yanada qulay bo‘ladi;

•  bankomatlar yanada ishonchli ishlaydi — masofadan boshqarish va naqd pulni “aqlli” taqsimlash tizimi joriy etiladi;

•  xavfsizlik darajasi oshadi — bankomatlarga kirish elektron qulflar va bir martalik parollar bilan himoyalanadi.

Tomonlar kelishuvni uch yilga imzoladilar.



Octobank — O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi universal raqamli bank. Bank xususiy va korporativ mijozlar uchun keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi.

BS/2 — Litvaning Penki kontinentai kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi xalqaro fintex kompaniyasi. Bank o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yechimlari: bankomatlar, resayklerlar, qurilmalarni boshqarish uchun dasturiy ta’minot, kiberxavfsizlik va tahlil tizimlari bo‘yicha ixtisoslashgan.

Поделитесь