American University of Technology bilan o‘zaro hamjihatlik memorandumi imzolandi
Octobank va American University of Technology o‘zaro hamjihatlik memorandumini imzoladilar. Bu hamkorlikda xalqaro darajadagi ta’lim platformasini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Hamkorlik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish va ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida quyidagilarga yordam beradigan ta’lim dasturlarini ishga tushirish rejalashtirilgan:
• xodimlarimizning ko‘nikma va bilimlarini oshirish
• bank ichida karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlash
• kadrlar zaxirasini rivojlantirish.
O’z navbatida, AUT o‘z talabalari uchun — Octobank ichidagi real jamoalarda haqiqiy vazifalarni bajarish imkoniyati bilan yangi amaliyot va stajirovka formatlarini joriy etadi.
«Biz kuchli bank kuchli insonlardan boshlanishiga ishonamiz. Ushbu memorandumni imzolanishi— Octobankning har bir xodimiga o‘sish va ta’lim olish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi qadamdir. American University of Technology bilan hamkorlik — jamoamizga allaqachon qo‘shilgan va kelajakda qo‘shiladigan xodimlarimizga qilingan muhim sarmoya hisoblanadi», — deydi «Octobank» AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Pulatov.
3+1 va 1+1 dasturlari bitiruvchilari ikkita diplom — ASU va AUT rasmiy diplomiga ega bo‘ladilar.
UNIVERSITET HAQIDA
American University of Technology Toshkentda AQShning eng innovatsion universitetlaridan biri — QS bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi universitetlarning 1 foiziga kiruvchi Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikda ochilgan.