HUMANS (VISA) KOBRENDING BANK KARTALARI EGALARI UCHUN XABARNOMA
"Octobank" AJ ushbu bilan "HUMANS" MCHJ bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtatilgani sababli "HUMANS" va "Octobank" kobrending bank kartalarini ochgan mijozlarga quyidagilarni ma’lum qiladi.
"HUMANS" moliyaviy xizmat ko‘rsatish to’g’risida”gi Qoidalari doirasida mijozlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarida:
«3.2. Mijoz Qoidalarning qabul qilish (Akseptlash) bilan Shaxsiy hisobvaraq balansini to‘ldirish hisobiga Karta/Hisobvaraqqa kelib tushadigan barcha pul mablag‘larini doimiy ravishda so’zsiz (Akseptsiz) hisobdan chiqarishga ko‘rsatma beradi.
Shaxsiy hisobvaraq - Humans avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimidagi tahliliy hisob registri bo‘lib, unda aloqa xizmatlari uchun Abonentning pul mablag‘larini hisobga olish, ularni hisobdan chiqarish va mavjud qoldiq to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
3.3. Mijoz tomonidan chiqim operatsiyalari amalga oshirilganda, Mijoz Humans ofertasiga muvofiq, aloqa xizmatlari uchun to‘langan bo’nak (Avans)ni Mijozning hisobvarag‘iga qaytarish to‘g‘risida Humans kompaniyasiga topshiriq berganligi sababli, agar Mijozning shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasa, operatsiya amalga oshirilmaydi.
6.3. Bank quyidagi huquqlarga ega:
6.3.2.1. Mijoz tomonidan Qoidalar, qonunchilik buzilgan hollarda, vakolatli organlarning talablariga ko‘ra, Mijoz harakatlarining qonuniyligini tekshirishda, shuningdek, Humans bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtatilganda yoki tugatilganda operatsiyalarni bajarishni to‘xtatib turish.
6.3.7.1. Mijozning arizasiga ko‘ra, Humans bilan munosabatlar to‘xtatilgan yoki tugatilgan taqdirda, Xizmatga taalluqli bo‘lmagan shartlarda Kartani Bankning bank kartasiga almashtirish.
7.7. Kartada pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan yoki Bankning Humans bilan shartnomaviy munosabatlari to‘xtatilgan yoki tugatilgan hollarda operatsiyalar amalga oshirilmasligi» nazarda tutilgan.
Mazkur ko‘rsatilgan Qoidalar bilan bir qatorda mijoz-jismoniy shaxslar "HUMANS" MCHJ tomonidan taqdim etiladigan uyali aloqa xizmatlarining abonentlari maqomini oladilar va Provayder ("HUMANS" MCHJ) bilan “Humans” moliyaviy xizmatlaridan foydalanish” Qoidalari ko‘rinishidagi shartnoma-oferta tuzadilar. Ushbu shartnoma (Oferta)da, xususan, quyidagilar ko‘rsatilgan:
"Farmoyish - Mijoz tomonidan Provayderning aloqa xizmatlari uchun avans sifatida kiritilgan va Shaxsiy hisobvaraqda hisobga olinadigan pul mablag‘larini Mijozga qaytarish va ularni Bankka Mijoz kartasiga o‘tkazish to‘g‘risida Provayderga berilgan topshiriqni o‘z ichiga olgan Mijozning farmoyishi. Bankka o‘tkazilgan pul mablag‘lari Mijozning kartasidagi pul mablag‘lari qoldig‘i sifatida hisobga olinadi va Bank tomonidan Mijoz tomonidan ko‘rsatilgan to‘lovni va/yoki o‘tkazmani oluvchiga (bundan buyon matnda To‘lov deb yuritiladi) o‘tkaziladi."
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz:
1. Bank 2025-yil 13-iyun soat 18:00 dan boshlab “Humans” kobrending kartalari bo‘yicha operatsiyalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi.
2. "Humans" kobrend kartalaridagi pul mablag‘lari "HUMANS" moliyaviy servisidagi abonentlarning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi sababli, ushbu mablag‘larning hisobi va qoldig‘i "HUMANS" MCHJning hisobvaraqlarida yuritiladi. Shu bois, pul mablag‘larini qaytarish zarurati tug‘ilganda, "HUMANS" MCHJga murojaat qilish lozimligi ta’kidlanadi.