Yuridik shaxslarni kreditlash shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida xabarnoma
Hurmatli mijozlar!
Yuridik shaxslar uchun kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida sizga ma’lum qilamiz. O‘zgarishlar foiz stavkalariga, shuningdek, alohida kredit mahsulotlarining tuzilishiga ta’sir qiladi.
"Octo-Invest" krediti
Foiz stavkalari kredit muddatiga qarab differensiallashgan:
milliy valyutada — yillik 21% dan 27% gacha;
xorijiy valyutada — yillik 11% dan 15% gacha.
"Octo-Aylanma" krediti
Foiz stavkalari kreditlash muddatiga qarab belgilangan:
milliy valyutada — yillik 20% dan 23% gacha;
xorijiy valyutada — yillik 9% dan 13% gacha.
"Octo-Avto" krediti
Mahsulot qatorini optimallashtirish doirasida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda avtomobillarni sotib olish uchun kredit takliflari yagona mahsulotga birlashtirildi.
Foiz stavkalari kredit muddati va boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab belgilanadi:
20% gacha boshlang‘ich to‘lovda:
12 oygacha — yillik 21% dan;
24 oygacha — yillik 23% dan;
36 oygacha — yillik 25% dan.
20% dan boshlab boshlang‘ich to‘lovda:
12 oygacha — yillik 21% dan;
24 oygacha — yillik 22% dan;
36 oygacha — yillik 23% dan.
Kreditlashning amaldagi shartlari shartlari Bankning rasmiy saytida tegishli mahsulotlar bo‘limida joylashtirilgan.