15.04.2026

2026-yil I-choragi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomi (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) talablariga muvofiq, «Octobank» AJda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan qonun normalariga asosan olib borilmoqda.

Bank tomonidan murojaatlar bevosita va masofaviy shakllarda muntazam qabul qilinib, ular tizimli ravishda ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, tasdiqlangan jadval asosida Boshqaruv a’zolari tomonidan fuqarolarni shaxsiy qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

2026-yilning I choragi davomida bankka jami 63 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan:

  • 10 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;

  • 27 ta murojaat – murojaat.gov.uz portali orqali;

  • 12 ta murojaat – bevosita tashrif orqali;

  • 14 ta murojaat – bankning rasmiy elektron manzili orqali (info@octobank.uz).

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi:

  • bank plastik kartalari bilan bog‘liq masalalar;

  • pul o‘tkazmalari (shu jumladan, xalqaro o‘tkazmalar);

  • naqd pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • hisob raqamlarini ochish va yopish masalalari.

Shu bilan birga, quyidagi masalalar yuzasidan ham murojaatlar qayd etilgan:

  • Xorijdan amalga oshirilgan pul o’tkazmalari;

  • bank kartalarini masofaviy tarzda bloklash va blokdan yechish;

  • mobil ilovadan foydalanish bilan bog‘liq muammolar;

  • bank faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lmagan boshqa masalalar.

"Octobank" AJ tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni doimiy alohida e'tiborga olingan. Murojaatlarning har tomonlama, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda imkon qadar ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.

Поделитесь