Octobank missiyasi
Bankning missiyasi O‘zbekiston bozor iqtisodiyotini chuqurlashtirishga hissa qo‘shish va chakana savdo tadbirkorlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
"Octobank" aksiyadorlik jamiyati — siz bilan birgalikda moliyaviy farovonlik yoʻlida
"Octobank" AJ 2001-yil 23-iyunda berilgan 70-sonli litsenziya asosida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
2023-yilda Bank o‘z nomini "Octobank" AJga o‘zgartirdi va 70-sonli litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qayta rasmiylashtirildi.
2002-yil noyabr oyidan boshlab Bank Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi, "Toshkent" RFB va O‘zbekiston Banklar uyushmasi a’zosi hisoblanadi.
Bank haqida
Hozirgi vaqtda bank quyidagilarga alohida e'tibor qaratmoqda:
Mijozlarga xizmat ko'rsatishga yondashuvlarni birlashtirish
Xizmat ko'rsatish texnologiyasini takomillashtirish
Xizmat sifatini oshirish
Har bir mijozga individual yondashuv bilan standart texnologiyalarni qo'llash
Shaxsiy menejer xizmatlarini taqdim etish
Mijoz va bank bo'limlari o'rtasida eng samarali hamkorlikni tashkil etish
Moslashuvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan biznes aloqalarini o'rnatish
Bankning yaqin 5 yilga mo‘ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri yangi filiallar va mini-banklar ochish hisobiga infratuzilmani kengaytirishdan iborat.
Infratuzilmani kengaytirish dasturining amalga oshirilishi bank faoliyati ko‘lamining barqaror o‘sishini ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishga ham e’tibor qaratadi.
Bizning asosiy hamkorlarimiz
Octobank yangiliklar
23.10.2026
Octobank shaxsiy maqsadlar hamda qayta moliyalashtirishga mo‘ljallangan Octo Card va Octo Restart xizmatlarini ishga tushirdi
Octobank ikkita yangi - Octo Card va Octo Restart mahsulotlarini taqdim etdi. Ular bankning kredit qatorini to‘ldiradi va mijozlarga: shaxsiy xarajatlarni moliyalashtirish yoki amaldagi kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarni beradi
22.10.2026
SMS-kodni endi aytmaysiz. Boşqa firibgarliklarga-çi, tayyormisiz?
Firibgarlar işonchga kiriş, soxta xabarlar yuboriş va şoşilinch qaror qabul qilişga undash orqali moliyaviy ma’lumotlaringizni qöga kiritişga urinişi mumkin. Bunday holatlarni taniş va töğri harakat qiliş pulingizni himoya qilişga yordam beradi.
21.10.2026
Octobank Fusion Georgia 2026 xalqaro forumida toʻlov infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha oʻz tajribasini taqdim etdi
2026-yil 8-oktabr kuni Tbilisi shahrida Penki Kontinentai kompaniyalar guruhiga kiruvchi BS/2 kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Fusion Georgia 2026: Banking & Retail Solutions xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 164 ta tashkilotdan 325 nafar ishtirokchi, jumladan, 43 ta bank, 93 ta chakana savdo korxonasi hamda 28 ta texnologik hamkor va yetkazib beruvchi kompaniya vakillari qatnashdi.
Hali ham savollaringiz bormi? Biz bilan bogʻlaning!
Savolingiz yoki sharhingiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz!