15.10.2025

2025-yil III-choragi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomi (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) talablari asosida «Octobank» AJ tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning bevosita hamda virtual murojaatlari muntazam qabul qilinib, tizimli tarzda ko‘rib chiqilmoqda va ijobiy hal etilmoqda.

Bank tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga muvofiq, Boshqaruv a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismini bank plastik kartalari, ularga oid operatsiyalar, naqd pul mablag‘lari, hisob raqamlarni hamda bank kartalarini masofadan turib yopish bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.

2025-yilning III choragi davomida bank tomonidan jami 73 ta murojaat qabul qilingan, jumladan:

• 23 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;

• 30 ta murojaat – murojaat.gov.uz portali orqali;

• 7 ta murojaat – bank amaliyot boshqarmasiga bevosita tashrif orqali;

• 9 ta murojaat – bankning rasmiy elektron manzili (info@octobank.uz) orqali;

• 1 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ishonch telefoni orqali;

• 2 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Ishonch telefoni (1007) orqali;

• 1 ta murojaat – bankning yuridik manziliga pochta xizmatlari orqali yuborilgan.

Murojaatlarning aksariyati bank kartalari, ular orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari hamda hisob raqamlarini yopish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan tashqari, HUMANS kartasi, mobil ilova faoliyati, Yandex va OZON marketpleyslariga to‘lovlar, shuningdek VISA va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlarining Disput xizmatidan foydalanishda amaliy yordam berish masalalari bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushgan.

«Octobank» AJ tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni doimiy nazoratda bo‘lib, ularning to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.

Поделитесь