2025-yilning I choragi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga, shuningdek, Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomiga (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) asosan.
«Octobank» AJda murojatchini bevosita va virtual murojatini qabul qilgan holda, ular ijobiy hal etib kelinmoqda.
Bank tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga muvofiq, Boshqaruv aʻzolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish tashkil etilgan. Asosan, murojaatchilar plastik kartalar bilan operatsiyalar, kreditlar va naqd pullar masalalariga oid savollar bilan murojaat qilishmoqda.
2025-yilning I choragi davomida bankga 31 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
• 10 ta murojaat – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;
• 6 ta murojaat – «murojaat.gov.uz» portali orqali;
• 21 ta murojaat – fuqarolar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri bank Amaliyot boshqarmasiga kelgan holda kelib tushgan;
• 1 ta murojaat – «Octobank» AJ rasmiy veb sayti orqali kelgan;
• 1 ta murojaat – Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi «Ishonch telefoni» orqali kelgan.
Bankga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati bank kartalari, kartadan pul oʻtkazmalari. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 37/12-sonli qarori ijrosi bilan bogʻliq murojaatlar. Shuningdek bankga HUMANS kartasi, mobil ilova bilan bogʻliq va boʻsh ish oʻrni bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushgan.
«Octobank» AJ murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini doimiy ravishda nazorat qilib, ularning toʻliq, xolis va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.