15.07.2025

2025-yil II-choragi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomi (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul)ga muvofiq, «Octobank» AJda jismoniy va yuridik shaxslarning bevosita va virtual murojaatlari qabul qilinib, ular tizimli ravishda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilmoqda.

Bank tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga asosan, Boshqaruv a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish tashkil etilgan. Murojaatlarning asosiy qismini bank plastik kartalari, ularga oid operatsiyalar, kreditlash hamda naqd pul mablag‘lari bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.

2025-yilning II choragi davomida bank tomonidan jami 43 ta murojaat qabul qilingan. Jumladan:х:

  • 17 ta murojaat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;

  • 12 ta murojaat — murojaat.gov.uz portali orqali;

  • 11 ta murojaat — bank amaliyot boshqarmasiga bevosita tashrif buyurib yuborilgan;

  • 3 ta murojaat — bankning rasmiy elektron manzili (info@octobank.uz) orqali kelib tushgan.


Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati bank kartalari va ular orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari, shuningdek, hisob raqamlarini yopish bilan bog‘liq masalalarga taalluqlidir. Bundan tashqari, mobil ilova faoliyati hamda bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq murojaatlar ham mavjud.

«Octobank» AJ tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni doimiy nazoratga olingan bo‘lib, ularning to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda hal etilishi ta’minlanmoqda.

Поделитесь