15.01.2026

2025-yil IV-choragi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomi (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) talablari asosida «Octobank» AJ tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning bevosita hamda virtual murojaatlari muntazam qabul qilinib, tizimli tarzda ko‘rib chiqilmoqda va ijobiy hal etilmoqda.

Bank tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga muvofiq, Boshqaruv a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismini bank plastik kartalari, ularga oid operatsiyalar, naqd pul mablag‘lari, hisob raqamlar hamda bank kartalarini masofadan turib yopish bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.

2025-yilning IV choragi davomida bank tomonidan jami 68 ta murojaat qabul qilingan, jumladan:

  • 14 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali;

  • 34 ta murojaat – murojaat.gov.uz portali orqali;

  • 7 ta murojaat – bank amaliyot boshqarmasiga bevosita tashrif orqali;

  • 11 ta murojaat – bankning rasmiy elektron manzili (info@octobank.uz) orqali;

  • 2 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Ishonch telefoni (1007) orqali;

Murojaatlarning aksariyati bank kartalari, ular orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari hamda hisob raqamlarini yopish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan tashqari, HUMANS kartasi,  bank kartalarini masofaviy bloklash va blokdan yechish shuningdek, VISA va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlarining Disput xizmatidan foydalanishda amaliy yordam berish masalalari bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushgan.

«Octobank» AJ tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni doimiy nazoratda bo‘lib, ularning to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.

Поделитесь