12.12.2025

Octobankning korrupsiyaga qarshi kompleks choralari

Octobankda faoliyatning shaffofligini ta’minlash va mijozlar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan kompleks korrupsiyaga qarshi choralar izchil amalga oshirilmoqda.

Korrupsiya — bu nafaqat iqtisodiy jinoyat, balki halollik, ishonch va adolat tamoyillarini yemiruvchi ma’naviy xavfdir. U jamiyat taraqqiyotini sekinlashtiradi va tijorat banklari ko‘rsatayotgan moliyaviy xizmatlarning shaffofligiga putur yetkazadi.

Bank xodimi uchun korrupsiya — bu shaxsiy manfaat yo‘lida kasbiy burchga xiyonat qilishdir. Bankning har bir qarori va har bir xizmati faqat shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirilishi lozim.

Bankimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilgan:

  • byurokratiyani qisqartirish;

  • ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

  • xizmatlar sifatini yaxshilash;

  • raqamlashtirish orqali inson omili ta’sirini kamaytirish.

Mazkur chora-tadbirlar bankning korrupsiyaga qarshi siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

«Biz barcha xodimlar va mijozlarni korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Agar siz korrupsiya holatiga duch kelgan bo‘lsangiz yoki tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin. Sizning murojaatingiz maxfiyligi kafolatlanadi va bu bankimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», — Tursunov Iskandar Baxtinurovich, “Octobank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.

Halollik — bu bizning umumiy qadriyatimiz va ishonchning asosi!

Maxfiy murojaat uchun SpeakUp liniyasi ishlamoqda:

https://octobank.uz/o-banke/komplaens

E-mail: compliance@octo.bank

Поделитесь