Internet-ekvayring qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar va to‘lov imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida xabarnoma

“Octobank” AJ 2026-yil 11-iyundan boshlab Internet-ekvayring xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi haqida ma’lum qiladi.

Taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, elektron tijorat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va tranzaksiya aylanmasini ko‘paytirish maqsadida Bank tomonidan Apple Pay va Google Pay kontaktsiz to‘lov xizmatlaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilishning texnik imkoniyati amalga oshirildi, shuningdek, "E-Ishonchnoma"dan foydalangan holda ekvayring xizmati joriy etildi.

Qoidalarning joriy tahriri bilan Bankning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Поделитесь