Xitoy biznesi Oʻzbekistonda — bugun nimalarni anglash muhim?

Mintaqada Xitoy biznesining oʻsishi fonida Oʻzbekistonning iqtisodiy muhiti qanday oʻzgarmoqda? Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti direktori Rasim Valitov bilan asosiy tendensiyalarni muhokama qilamiz. 

Nima uchun bugungi kunda Oʻzbekiston – xalqaro biznesni oʻziga tortayotgan asosiy nuqtalardan biri sanaladi?

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston haqiqatan ham Markaziy Osiyoda investitsiyalarni jalb qiluvchi muhim markazlardan biriga aylandi. Аyniqsa jahon iqtisodiyotining eng yirik ishtirokchilaridan biri boʻlgan Xitoyning ishtiroki faol oʻsib bormoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 5000 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda va sarmoyalar hajmi oʻnlab milliard dollarni tashkil etadi.

Eng muhimi, bular faqat yirik loyihalar emas. Bu shahar xizmatlari, mehmonxonalar, logistika, energetika va raqamli yechimlar — iqtisodiyotning deyarli barcha asosiy sohalarini oʻz ichiga olmoqda.

Ya’ni, gap alohida loyihalar haqida emas, balki tizimli ishtirok xususida bormoqda. Bunday koʻlam barqaror moliyaviy infratuzilmani talab qiladi. Bu borada Octobank biznesni – ilk ishbilarmonlik aloqalaridan tortib, transchegaraviy hisob-kitoblar va raqamli yechimlargacha boʻlgan barcha bosqichlarda qoʻllab-quvvatlaydi.

Xitoylik investorlar nima uchun Oʻzbekistonni tanlamoqda?

Bunday qiziqish bejiz emas. Xitoy — dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri boʻlib, qoʻshni davlatlar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish uning uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston bu borada bir nechta kuchli omillarni oʻzida mujassam etadi.

  • Geografik joylashuvi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning muhim logistika markazi hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini oʻz ichiga olgan transport yoʻnalishlarining asosiy qismi boʻlib qolmoqda.

  • Oʻsib borayotgan ichki bozor. Iste’mol talabi bor joyda ishlab chiqarish rivojlanadi, ish oʻrinlari yaratiladi, soliq tushumlari koʻpayadi — toʻlaqonli iqtisodiy aylanma jarayon boshlanadi.

  • Oʻzbekistonning texnologiyalar va xalqaro tajribalar uchun ochiqligi. Mamlakat xorijiy yechimlarni faol joriy etmoqda, bu esa xalqaro kompaniyalar uchun ishga tushirishni tezlashtiradi va faoliyatni osonlashtiradi.

  • Qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoatni rivojlantirish uchun salohiyat yaratuvchi resurslar bazasi.

Bularning barchasi birgalikda tushunarli va oldindan koʻrish mumkin boʻlgan investitsiyaviy muhitni vujudga keltiradi.

Xitoyning “yumshoq kuchi” haqida koʻp gapiriladi. Bu amalda nimani anglatadi?

Darhaqiqat, Xitoy biznesi koʻpincha “yumshoq kuch”ning bir koʻrinishi sifatida qaraladi. Bu bosim bilan emas, balki iqtisodiy ishtirok orqali ta’sir oʻtkazish demakdir. Infratuzilma, texnologiyalar va sarmoya orqali.

Ular tashqi bozorlarga chiqishda mamlakatlarning suvereniteti, madaniyati va milliy oʻziga xosligini hurmat qiladi. Bu, albatta, Oʻzbekiston uchun muhim.

Xitoy kompaniyalari loyihalarga amaliy yondashmoqda—infratuzilma qurish, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, logistikani rivojlantirish. Shu bilan birga, ular oʻz modellarini tiqishtirmay, mahalliy muhit doirasida faoliyat yuritishmoqda. 

Bu yerda ular oddiy mantiqqa asoslanadi: agar qoʻshni davlatlar rivojlansa va barqaror yashasa, hamma yutadi — savdo, turizm oʻsadi, keskinlik kamayadi. Aslida bu oʻzaro iqtisodiy manfaatdorlikdir. Hatto bitta sayyoh ham transportdan tortib mehmonxona biznesigacha boʻlgan bir nechta sohalarga ta’sir ko‘rsatadi.

Bu Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? 

Ta’sir allaqachon tizimli tus olgan. Xitoy kompaniyalari nafaqat yirik loyihalarga, balki shahar iqtisodiyotiga — servis, xizmat koʻrsatish va kichik biznes sohalariga ham kirib kelmoqda. Bu esa ish oʻrinlarini yaratib, raqobatni kuchaytirmoqda.

Ularning texnologiyalar va uzoq muddatli istiqbol bilan kompleks ravishda kirib kelayotgani ham muhimdir.  Bunday yondashuv iqtisodiyotga yanada barqaror samara beradi.

Buning yaqqol mahalliy misolini paxta sanoatida xomashyo modelidan qayta ishlashga oʻtilganida koʻrishimiz mumkin. Agar ilgari paxta asosan xomashyo sifatida eksport qilingan boʻlsa, endilikda uni qayta ishlash orqali gazlama va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish qoʻshilgan qiymatning bir necha barobar oshishiga, soliq tushumlarining koʻpayishiga hamda butun bir ishlab chiqarish zanjirlarining shakllanishiga zamin yaratdi.

Nima uchun siz transchegaraviy hisob-kitoblarni asosiy omil deb hisoblayapsiz? 

Chunki har qanday bitim oxir-oqibat toʻlovlarga borib taqaladi. Ular qanchalik tez, barqaror va shaffof boʻlishiga — butun loyiha shunga bog‘liq. Loyihalarni amalga oshirish koʻlami va tezligiga e’tibor qaratadigan Xitoy biznesi uchun esa hisob-kitoblar samaradorligi – oʻta muhim ahamiyatga ega.

Shu sababli, bugungi kunda transchegaraviy toʻlovlar — bu shunchaki vosita emas, balki xalqaro iqtisodiyotning poydevoridir.

Biz Octobankda korrespondent banklar, xalqaro toʻlov tizimlari va raqamli yechimlar, jumladan, QR-toʻlovlar orqali ishonchli moliyaviy infratuzilma barpo etyapmiz. Bu vositalar biznes va xususiy mijozlar uchun hisob-kitoblarni soddalashtiradi.

Navbatdagi qadamimiz — Xitoy banklari bilan korrespondentlik munosabatlari tarmog‘ini kengaytirish. Ayni damda Octobank Xitoyda keng hamkorlar bazasini shakllantirib boʻlgan va u tobora kengayib bormoqda. Har bir yangi ulanish toʻlov infratuzilmasini kengaytiradi: hisob-kitob kanallari sonini koʻpaytiradi, oʻtkazmalarni tezlashtiradi va butun xalqaro toʻlov tizimining barqarorligini kuchaytiradi.

Xorijiy kompaniyalar uchun qanday toʻsiqlar saqlanib qolmoqda? 

Asosiy toʻsiqlar – bu qonunchilik va mahalliy amaliyotdagi tafovutlardir. Garchi qiziqish yuqori boʻlsa-da, Xitoy kompaniyalari ham bunga duch kelmoqda.

Har qanday bozor moslashishni talab qiladi, bu tabiiy jarayon.

Har bir mamlakat oʻzining ishbilarmonlik muhitini shakllantiradi. Qoidalarni tezda tushunish va operatsion xatarlarni kamaytirish muhimdir. Bu yerda jarayonlarni yoʻlga qoʻyishda yordam beradigan moliyaviy hamkorlar katta rol oʻynaydi.

Xitoy biznesining kelgusi 3-5 yildagi istiqbollarini qanday baholaysiz? 

Odatda, biznesning barqaror ish modeliga oʻtishi uchun aynan 3–5 yil vaqt kerak boʻladi. Biz Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligi ishlab chiqarish, texnologiyalar va investitsiyalar sohalarida yanada chuqurlashib borishini koʻrib turibmiz. Bundan har ikki tomon ham manfaatdor.

Bugungi kunda Xitoy mamlakatdagi xorijiy investitsiyalarning qariyb 40 %ni ta’minlamoqda va bu koʻrsatkich barqaror oʻsib bormoqda.

ShHT doirasida yaqinda oʻtkazilgan uchrashuvlar buni qay darajada tasdiqlaydi?

Ha, albatta. Octobankning ShHT doirasidagi 14 ta yirik kompaniya bilan oʻtkazgan uchrashuvida hamkorlikning 8 ta yoʻnalishi – investitsiyalar va ishlab chiqarishdan tortib, aqlli shaharlar va texnologiyalargacha taqdim etildi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ushbu kontekstda oʻziga xos tuzilma boʻlib, u, eng avvalo, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamda siyosiy bosim oʻtkazish yoki muayyan modellani majburan singdirishni koʻzlamaydi.

Bu endi alohida loyihalar emas, balki tizimli yondashuvdir. Asosiy jihati – bu raqamlashtirish

Xitoyda kuchli yechimlar mavjud, Oʻzbekiston esa oʻz yechimlarini shakllantirmoqda. Aynan ularning birlashuvi oʻsish samarasini beradi.

Shu bois yondashuvlar toʻqnashuvi emas, balki ularning uyg‘unligi — eng yaxshi tajribalarni oʻzlashtirish, uni oʻzimizda rivojlantirish va shu asosda iqtisodiyotni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda raqamlashtirish haqida koʻp gapirilmoqda. U iqtisodiyot va moliya tizimiga haqiqatan ham qanchalik ta’sir koʻrsatadi? 

Mutlaqo toʻg‘ri. U kelajakdagi taraqqiyotning asosiga aylanadi. Raqamli xizmatlar bugungi kunda toʻlovlardan tortib davlat xizmatlarigacha boʻlgan barcha jarayonlarning harakatini ta’minlamoqda.

Ilgari soatlab vaqt oladigan va shaxsan ishtirok etishni talab qiladigan narsalar endi bir necha daqiqada onlayn amalga oshirilmoqda: toʻlovlar, pul oʻtkazmalari, davlat ma’lumotnomalari. Bu nafaqat qulay —bu resurslarni tejaydi va iqtisodiyotni tezlashtiradi. 

Masalan, bank ilovasi orqali tashkilotlarga bormasdan, navbatlar va qogʻoz jarayonlariga vaqt sarflamasdan kommunal xizmatlar uchun bir necha marta bosish orqali toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. Hozir siz bir necha daqiqada qancha pul hisoblanganini va qancha to‘lashingiz kerakligini koʻrishingiz mumkin. Onlayn pul oʻtkazmalari bilan ham xuddi shunday: buning uchun shaxsan ishtirok etish zarurati yoʻq, shuningdek, koʻplab davlat xizmatlari allaqachon elektron hukumat tizimlari orqali raqamli formatda mavjud.

Sun’iy intellekt bu yerda qanday rol oʻynaydi? 

U ta’sirni kuchaytirmoqda. Sun’iy intellekt allaqachon shahar boshqaruvidan tortib logistikagacha boʻlgan turli sohalarda qoʻllanilmoqda. Tizimlar oqimlarni tahlil qiladi, harakatni tartibga soladi, infratuzilma yuklamasini optimallashtirishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotga bevosita ta’sir koʻrsatadi: yetkazib berish tezlashadi, xarajatlar kamayadi, butun ta’minot zanjiri samaradorligi oshadi.

Logistika ham ushbu tizimning bir qismiga aylanmoqdami? 

Ha, hatto juda muhim qismiga.

Logistika — bu, aslida, iqtisodiyotning “qon aylanish tizimi”dir.

Agar zanjirlarda uzilishlar yuzaga kelsa, bu biznesga darhol oʻz ta’sirini ko‘rsatadi: xarajatlar oshadi, muddatlar buziladi, ishlab chiqarishdan tortib, to yakuniy iste’molchigacha boʻlgan samaradorlik pasayib ketadi. Oʻzbekiston uchun bu yoʻnalishlarning har biri strategik ahamiyatga ega boʻlib, bu yerda nafaqat yechimlarni joriy etish, balki ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, shu bilan birga oʻz texnologik bazasini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda bank xalqaro iqtisodiyotda qanday rol oʻynamoqda? U hamon shunchaki xizmat koʻrsatuvchi tashkilotmi yoki global biznes uchun toʻlaqonli infratuzilmaga aylanib boʻldimi?

Bugungi kunda bankning roli qanday oʻzgarayotganiga nazar tashlasak, bank klassik hisob-kitoblar doirasidan ancha tashqariga chiqayotgani ayon boʻladi.  Bank bozorlar, texnologiyalar va ishbilarmonlik aloqalarining kesishish nuqtasiga aylanmoqda. 

Yaxshi misol – Octobank va AliPay integratsiyasi. Bank birinchilardan boʻlib Xitoyning ushbu mashhur toʻlov xizmatini mobil ilovaga joriy etdi. U orqali xaridlar, ovqatlanish, transport, turizm, koʻngilochar kabi asosiy xarajat toifalari mavjud boʻlib, hisobdan chiqarishlar joriy kurs boʻyicha oʻzbek soʻmida amalga oshiriladi, bu esa foydalanuvchi uchun shaffof va qulay hisoblanadi.

Alohida yoʻnalish — transchegaraviy moliyaviy vositalar. Akkreditivlar, faktoring va keyingi moliyalashtirish kompaniyalarga xatarlarni kamaytirish, hisob-kitoblarni yanada aniqroq qilish va xalqaro bozorlarda ishonch bilan ishlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, bank asta-sekin global biznes muhitining bir qismiga aylanib bormoqda. Octobank koʻlam va salohiyat jamlangan joyda faoliyat yuritmoqda - Xitoy, BAA va Yevropa mamlakatlarida oʻtkaziladigan xalqaro forumlar, koʻrgazmalar va biznes missiyalarda ishtirok etmoqda. Bunda gap nafaqat qatnashuvchi, balki eksponent sifatida toʻlaqonli ishtirok etish haqida ham bormoqda. Masalan, Germaniyadagi eng yirik SIBOS moliyaviy forumida biz 20 dan ortiq mamlakat banklari, fintex kompaniyalari va tarmoq tashkilotlari vakillari bilan 40 dan ortiq ishbilarmonlik uchrashuvlarini oʻtkazdik, bir qator yirik banklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatdik. Bu bozorlar o‘rtasidagi doimiy tajriba, aloqalar va amaliyotlar almashinuvidir.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda biznes nimalarga tayyorgarlik korishi kerak? 

Men bir nechta asosiy omillarni ajratib koʻrsatgan bo‘lardim.

Birinchisi — bu bozor yanada ochiq va raqobatli boʻlib borayotganini tushunish. Xitoylik va boshqa investorlar texnologiyalar, kapital va keng qamrovli yondashuv bilan kelishmoqda, shuning uchun mahalliy biznes uchun oʻz samaradorligi va yechimlar darajasini oshirish muhimdir.

Ikkinchisi — bu moslashish tezligi. Bozor tezroq oʻzgarmoqda va bunda jarayonlarni tezda qayta qurish, yangi formatlar va hamkorliklar bilan ishlashni biladigan kompaniyalar yutadi.

Uchinchisi — moliyaviy va texnologik tayyorgarlik. Xalqaro oʻyinchilar raqamli vositalar va shaffof hisob-kitoblar orqali ishlaydilar, shuning uchun toʻlovlardan tortib jarayonlarni boshqarishgacha boʻlgan xuddi shunday infratuzilmani yaratish muhim.

Umuman olganda, asosiy omil — bu hamkorlikka ochiqlik va mahalliy kuchli tomonlarni xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish qobiliyati. Aynan shu muvozanat orqali Oʻzbekistonda biznesning raqobatbardoshligi shakllanadi.

Поделитесь